Mukarrama Azizova (1913.23.5 – Namangan – 1964.23.5) – Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskvada oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1927–28). 1928-31 va 1960-62 yillarda Andijon teatrida, 1931-yildan Namangan teatrida aktrisa va rejissyor Dramatik va musiqali spektakllarda, asosan, liriko-dramatik rollarni ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Shirin (Xurshid, „Farhod va Shirin“), Jamila (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Nurxon (Komil Yashin, T. Jalilov, „Nurxon“), Gulsara (Komil Yashin, „Gulsara“), Hafiza (Abdulla Qahhor, „Shohi soʻzana“), Sanobar (B. Rahmonov, „Yurak sirlari“) va boshqa rejissyor sifatida „Farhod va Shirin“ (Xurshid, 1934, 1936), „Arshin mol olon“ (U. Hojibekov, 1939) kabi asarlarni sahnalashtirgan. A. oʻzbek, tojik, uygʻur xalq qoʻshiqlarini mohirona ijro etgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil