Munavvara Murodovna Fayziyeva (1948-yil 7-fevral, Vobkent tumani) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1973). 1976—1998 yillarda Vobkent tumanidagi 16-maktabda nemis tili oʻqituvchisi. Taʼlim jarayonida turli didaktik material, qoʻshimcha manbalar, testlardan samarali foydalangan, chet tilini chuqur oʻzlashtiruvchi sinflar tashkil etgan.