Mundigak
Mundigak - Qandahor shahri (Afgʻoniston)dan 55 km shim.-gʻarbdagi eneolit, jez va ilk temir davriga oid qaror-goh qoldigʻi. Fransuz ekspeditsiyasi tomonidan kavlangan (1951—58). M.ning yuqori qatlamidan terrakotadan yasalgan haykalchalar va tosh muhrlar, oʻrta qatlam (miloddan avvalgi 3ming yillik oʻrtalari) dan mis va jezdan yasalgan quyma idishlar, jamoa uchun moʻljallangan dafn xonalari topilgan. Quyi qatlamlardan (4ming yillik oxiri) oʻtroq aholi yashagan turar joy qoldiklari va kulolchilik charxida tayyorlangan guldor sopol idishlar (Eron sopol idishlariga oʻxshash) topilgan. 3ming yillik oxiri va 2-ming yillik boshlarida mahalliy madaniyat gullab yashnagan. Hashamatli meʼmoriy yodgorlik (eqrom, mahalliy hukmdorning qaror-gohi) va tosh haykallar topilgan. To-pilmalardan M.da yashagan qabilalar Shim. Balujiston (Kvetta madaniyati), Oʻrta Osiyo (Qoratepa), Eron (Hisor) va Hindiston (Harappa madaniyati) xalqlari bilan madaniy aloqada boʻlganligini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda M. inqirozga uchragan (turar joylar kamaygan, sopol idishlar qoʻlda yasalgan).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |