Munozara:1000 soʻmdan, akajonlar
Mazkur sahifa 1000 soʻmdan, akajonlar maqolasini yaxshilash masalalari muhokama qilinadigan munozara sahifasidir. |
Sahifalar siyosatlari
|
Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi |
Devona Jovliyev (munozara) 10:28, 8-Iyul 2024 (UTC)
Ensiklopedik ahamiyatga ega emas!
tahrirAssalomu alaykum hurmatli @Devona Jovliyev avvalambor Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur izhor etaman. Shu bilan birgalikda 300000-maqola egasi ekanligingiz bilan tabriklayman. Lekin ushbu yaratgan maqolangizda yoritilgan mavzu nufuzli manbalar tomonidan yetarlicha batafsil yoritilmagan va ahamiyatga molik emas. Qimmatli vaqtingizni oʻzbekcha Vikipediyani sifatli va ishonchli ma'lumotlarga boy maqolalar bilan boyitish uchun ishlating.
Yoqimli tahrirlar @Devona Jovliyev UzbekistanWikiEditor (munozara) 17:00, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Nufuzli manbalar tomonidan (aslida tomonlama boʻlsa kerak) yetarlicha batafsil yoritilmagan. Yetarlilik darajasi nechta manba sizningcha UzbekistanWikiEditor. Maqolada 7 ta manba berilgan. Shuningdek, shunga oʻxshash maqolalar Oʻzbekcha Vikipediyada kam emas (Nosni kayfiday kayf, Koʻp goʻsht yeyapmiz). „Qimmatli vaqtni sarflash“ va Oʻzbekcha Vikipediyani sifatli va ishonchli maʼlumotlarga boyitish masalasiga kelsak siz ham shunday qilishingiz mumkin va bu sizni qoʻlingizdan keladi. Ahror Akramovich (munozara) 17:26, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Tushunarli @Ahror Akramovich katta rahmat :) UzbekistanWikiEditor (munozara) 17:36, 8-Iyul 2024 (UTC)
- sizdan yaxshigina uzwikining qorovuli chiqishiga ishonamiz Mr.Samuraii (munozara) 17:50, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Vaalaykum assalom, hurmatli UzbekistanWikiEditor. Tabrik uchun rahmat. Maqolani ensklopedik ahamiyatga ega deb hisoblaganim uchun yaratdim. Ahamiyat bergan bo'lsangiz maqolada Oyina.uz va RizaNova.uz saytlaridan ham manbalar keltirilgam, shuningdek, manba sifatida olingan YouTube video ham 2,5 millionga yaqin tomosha qilingan. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarida ham muhokamalarga sabab bo'lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa oʻzingiz ham kamida 5-6 marotaba duch kelgan boʻlsangiz, ajabmas. Keyin maqolani oʻzimdan ham tajribali deb hisoblaydigan foydalanuvchi Kamol Azzamning 5 600 soʻm, Nosni kayfiday kayf, Oʻzbekiston tengdir Oʻzbekistonga kabi maqolalaridan xulosa qilgan holda yaratdim. Vaqtimni toʻgʻri sarflashim haqida qaygʻurayotganingiz uchun ham rahmat. Men ham uni bekorga sarflashni xohlamayman. Devona Jovliyev (munozara) 17:29, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Tushunarli katta rahmat :) UzbekistanWikiEditor (munozara) 17:36, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Yoqimli tahrirlar))) Devona Jovliyev (munozara) 17:42, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Maqsadingiz e'tiborni tortish bo'lsa siz tog'ri yo'ldasiz) Mr.Samuraii (munozara) 17:44, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Rahmat kattakon, oʻzim ham shunaqa boʻlsa kerak deb oʻylagandim) Devona Jovliyev (munozara) 17:50, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Salom! Bu yerda maqsad eʼtiborni tortish haqida ketmayapti Mr.Samuraii. Bu yerda maqolani EAga egamasligi haqida ketmoqda. Berilgan fikrlar hammasi maʼlum vaqt ichida boʻlmoqda. Menga bu qasddan bir guruh foydalanuvchilar tomonidan qilinayotgani shubhali koʻrindi. Bundan tashqari, mavzudan chetga chiqib, shaxsiyatga teguvchi sizdan yaxshigina uzwikining qorovuli chiqishiga ishonamiz degan ilmoqli gaplar kerakmi?. Vikipediya hammaniki! Uni qorovuli boʻlish yoki boʻlmaslikni foydalanuvchi oʻzi hal qiladi. Komilhuja 09:33, 9-Iyul 2024 (UTC)
- bu gaplarim shaxsiyatingizga tegib ketgan bo'lsa uzra Mr.Samuraii (munozara) 12:30, 11-Iyul 2024 (UTC)
- Uzurni mendan soʻramang! Siz hali munozarada nimani muhokama qilayotganingizni his qilmagan ekansiz. Mavzudan tashqariga chiqmasdan, EAga ega emasligini keltiring. Bu maqola munozarasi hisoblanadi. Telegram emas! Komilhuja 12:39, 11-Iyul 2024 (UTC)
- bu gaplarim shaxsiyatingizga tegib ketgan bo'lsa uzra Mr.Samuraii (munozara) 12:30, 11-Iyul 2024 (UTC)
- Tushunarli katta rahmat :) UzbekistanWikiEditor (munozara) 17:36, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum, maqola mavzusi oʻzbek OAVlarida keng ommalashganligi sabab EAga ega deb hisoblayman. Bundan bir yil oldin yaratilgan, tanqidlar ostida qolgan jumlalar oylar osha UzWikida saqlanib turibdi. Barcha narsalarni inobatga olib, maqola EAga ega degan fikrga keldim! MirfayzbekAbdullayev (munozara) 09:42, 11-Iyul 2024 (UTC)
1000 soʻmdan
tahrirAssalomu alaykum. Bu kabi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan maqolalarga vaqt sarflamaslikni tavsiya qilaman. Oʻylaymanki oʻz vaqtingizni qadrlaysiz. Salomat boʻling. Mr.Abdukarimovich (munozara) 17:47, 8-Iyul 2024 (UTC)
- Beminnat maslahatlaringiz uchun tashakkur! Avval ensiklopedik ahamiyat haqida oʻqib, keyin mushohada qilsangiz maqsadga muvofiq boʻlar edi. Yuqorida qayd etilganidek maqola ensklopedik ahamiyatga ega va yetarlicha manbalar keltirib oʻtilgan hamda bunaqa mavzudagi dastlabki maqola emas. Devona Jovliyev (munozara) 17:57, 8-Iyul 2024 (UTC)