Munozara:Mustaqillikning 25 yilligi koni

Eng oxirgi fikr: 2 oy oldin (MirfayzbekAbdullayev tomonidan „Birlashtirmaslik“ mavzusida)

Birlashtirmaslik

tahrir

Assalomu alaykum, Foydalanuvchi:Humoyun Qodirov, salomatmisiz?

Maqolani nomini „Mustaqillikning 25 yilligi konidagi texnogen holat“ maqolasi bilan birlashtirishni taklif etibsiz. Bildirgan firkingiz uchun rahmat. Biroq, bu maqola kon haqida, uning tarixi, qurilishi, tavsifi va shuningdek texnogen holat haqida. Tez orada maqolaning qurilishi va tavsifiga oid yangi maʼlumotlar qoʻshaman. Ikkalasi alohida-alohida mavzu ekanligini aytgan holda, maqolalarni birlashtirmaslik tarafdoriman. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 05:07, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum, boʻlmasa bu maqolada texnogen holati haqida batafsil toʻxtalmasdan qisqacha maʼlumot berib, asosiy maqola sifatida „Mustaqillikning 25 yilligi“ konidagi texnogen hodisa maqolasini koʻrsatish kerak. „Mustaqillikning 25 yilligi“ konidagi texnogen hodisa maqolasidagi kon haqidagi maʼlumotlarni ushbu maqolaga olib oʻtish kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 05:11, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)Javob berish
  Bajarildi MirfayzbekAbdullayev (munozara) 05:17, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)Javob berish
Keyin ikkala maqolada ham mualliflik huquqlari buzilgan. Plagiat foizi yuqori [1], [2]. Humoyun Qodirov (munozara) 05:18, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)Javob berish
Men yozgan maqolada plagiat foizining yuqoriligiga sabab, munosabatlarni iqtibos shaklida berganligim uchun. Albatta tez orada maqolani yaxshi holatga keltiraman😊 MirfayzbekAbdullayev (munozara) 05:24, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)Javob berish
„Mustaqillikning 25 yilligi koni“ sahifasiga qaytish.