Munozara:Nodir Ibatov Abdullayevich

Assalomu alaykum Kagansky avvalam bor siz yuritayotgan ishni maʼqullayman, va barcha oʻchirilishi lozim deb topgan sahifalaringizni koʻrib chiqdim. Ularning aksariyati Xorazm xonlari va u maqolalar toʻliq boʻlmagani uchun oʻchirilishini lozim topgansiz. Sizning ushbu harakatlaringizdan minnatdorman. Vikipediyada koʻpdan buyon maqolalar yozmaganim uchun sizni administratorlar orasida koʻrganimdan hursandman (men maqolalar yozayotgan davrda 3 ta administratorlar boʻlar edi Umarxon, Nodir va Foydalanuvchi:Malikxan). Endi men ushbu maqolani yaratishimdan asl maqsadimni tushuntirib oʻtsam! Bilasizki Oʻzbekistonda koronavirus sababli barcha meditsina vaʼkillari eʼtirof etila boshlandi va shu sababli men ushbu eʼtirofda oʻz hissamni qoʻshish uchun bel bogʻladim. Hozirda internet olamida eng koʻp tanilgan va maqolalar bor meditsina hodimlarini topib maqola yaratishni boshlaganman. Siz aytishingiz mumkin: „-Bu maqolalar ensiklopedik ahamiyatga ega emas, aksincha reklama boʻlib qolgan“. Lekin men shuni sizga aniq aytaolamanki, meditsina hodimlarini qilayotgan ishlari reklamaga muhtoj emas va ular halqimiz orasida eʼtirofga sazavor boʻlishgan. Ushbu maqolaga

andozasidan foydalanib tahrirlash taklifini beraman, ushbu maqolada shu andozadan foydalanib,Nodir aka tomonidan maqolani oʻchirilishini oldi olingan. Ana shu shijoatimga qarshi chiqmaysiz degan umiddaman, va meditsina hodimlarini eʼtirof etishimda toʻsqinlik qilmaysiz degan umiddaman.Gayrat98 (munozara) 10:13, 14-Noyabr 2020 (UTC)

Murod Nazarov taniqli biznesmen, hech boʻlmasa. Oʻng kelgan shifokor esa ensiklopedik ahamiyatga ega boʻla olmaydi. Katta ishlarni/tadqiqotlarni qilib, matbuotda u haqda koʻp yozilsa, bu boshqa gap. --Nataev munozara 11:39, 14-Noyabr 2020 (UTC)
@Gayrat98: Salom. Kagansky administrator emas. Maqolalarni tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatish uchun esa administratorlik talab etilmaydi. Vikipediya siyosati mavjud, ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan shaxslar haqida maqola yaratsangiz, tezda oʻchiriladi. Maqolada nufuzli manbalar boʻlishi kerak. Malikxan munozara 13:49, 14-Noyabr 2020 (UTC)
Assalomu alaykum, @Gayrat98:. Avvalambor, bir oz tanaffusdan soʻng Oʻzbekcha vikipediyada yangi maqolalar yarata boshlaganingiz uchun tashakkur. Men administrator emasman. Tirik (yoki yaqindagina dunyodan oʻtgan) kishi toʻgʻrisida vikipediya talablariga loyiq maqola yaratish, bu menimcha unchalik ham oson ish emas. Siz yaratgan maqola yetarli sifat darajasida tuzilgan boʻlishi mumkin, lekin shifokor toʻgʻrisida keltirilgan maʼlumotlar ensiklopedik ahamiyatga ega emas edi (misol uchun mana bu maqola bilan solishtirib koʻring, maqola hozirda tirik boʻlgan meditsina xodimi toʻgʻrisida). — Kagansky (munozara) 14:11, 14-Noyabr 2020 (UTC)

Tarjima qilinsa qabul qilinadimi?

tahrir

Boshqa tilda yozilib qabul qingandan soʻng, Uzvikiga tarjima sifatida yozsam qabul qilinadimi?Gayrat98 (munozara) 12:26, 14-Noyabr 2020 (UTC)

Boshqa tilda deb qaysi tildagi vikilarni nazarda tutyabsiz? Misol uchun, ayrim vikilar mavjud, administratorlari faol emas. Xolbuki, yuqoridagidek holat boʻlsa, yaratgan maqolangiz nima haqda boʻlmasin, oʻchirilmasdan turaveradi. Boshqa tilda yaratilsa, maqola mahalliy Vikipediyada oʻchirilmaydi degan qoida yoʻq. Nufuzli manbalar keltiring, maqolangiz oʻchirilmaydi. Malikxan munozara 14:29, 14-Noyabr 2020 (UTC)
Nufuzli manbaga kun.uz ham kiradimi?83.221.164.83 18:14, 14-Noyabr 2020 (UTC)
Ha boʻladi, lekin faqatgina kun.uz yetarli emas. Malikxan munozara 12:49, 15-Noyabr 2020 (UTC)
„Nodir Ibatov Abdullayevich“ sahifasiga qaytish.