Qinling pandasi maqolasi xushsifat maqola statusiga nomzod boʻlgan. Bu maqolaga xushsifat maqola statusini berish boʻyicha ovoz berish 2023-yil 6-oktyabr sanasida yakunlanib, oxirida jamoa qaroriga binoan status berilgan.

At alomati

tahrir

1. Bir joyda kenja boshqa joyda kichik deb ketilgan 2. Nomzod kenja turdan keyingi, u tan olingan birinchi yirik panda kenja turi hisoblanadi - gʻaliz gap masalan men tushunmadim 3. Hayvon asir qilinmaydi tutqunlikda ushlanadi: Hozirgi vaqtda ushbu kichik turning faqat bitta individual vakili asirlikda saqlanadi. 4. Ursid turlari oʻrtasidagi filogenetik munosabatlar yillar davomida noaniq boʻlib kelgan - gʻaliz Ibrohimjon 05:36, 6-Oktyabr 2023 (UTC)

Oʻrinli tanqidlar. Yana bir gʻalati gap: "Mutaxassislarning fikriga koʻra, mazkur kenja turning populyatsiyasi haqida turli xil maʼlumotlar mavjud." Olimlar maʼlumot turlicha degan fikrda ekanligini aytish shart emas. Aniq maʼlumot yoʻqligini aytishning oʻzi kivoya. Sonlar uch xil yozilgan ("4000 dan 10 000 futgacha"; "1,300–3,000 metr"). Qoidasi boʻyicha hammasida probel boʻlishi kerak. Yoki hammasida bir xil boʻlmasligi kerak. Sonlardagi bergul esa oʻzbek tilida inglizcha nuqtaga mos keladi. Bundan ham muhimi, butun boshli paragraflarda ichki havolalar yoʻq. Shuningdek, maqola nomlanishi ham muammoli. Ruscha translit taʼsirida qanday yozilishi ham koʻrsatilishi kerak. Bu kamchiliklar tuzatilmasa, maqolani statusdan mahrum qilish kerak. Nataev munozara 16:53, 10-Oktyabr 2023 (UTC)
Salom, avvalo fikrlaringiz uchun rahmat. Siz keltirgan birinchi jumlani qo'shishdan ko'zlangan maqsad mazkur turning aniq soni turli manbalarda turlicha ko'rsatilishini taqdim etishdan iborat edi. Ammo jumlani aytganingizdek tahrir qilishga harakat qildim va keyingi maqolalarimda bunga e'tiborli bo'laman. Son bilan bog'liq muammoga ko'ra, enwiki bergan ma'lumot This subspecies is restricted to the Qinling Mountains, at elevations of 1,300–3,000 metr (4,300–9,800 ft). enwiki 1 va men topgan manbaga ko'ra, They are found only in the Qinling Mountains, at altitudes of 4,000 to 10,000 feet (1,300 to 3,300 metres). 2 ko'rinishda ekanligi sababli ikki xillikni keltirib chiqargan. Lekin har ikki raqam ham manbada keltirilganini hisobga olgan holatda har ikki qiymatni ham ko'rsatib o'tishni maqul ko'rdim. Bu o'rinda ham manba bilan tasdiqladim va chiziqchada muammolik yuzaga kelmasligi uchun convert andozasini qo'lladim.
Yuqoridagi ko'rsatmalar uchun minnatdorman. PanPanChik #yozish 05:34, 11-Oktyabr 2023 (UTC)
Salom, avvalo maqolani o'rganib chiqib unga o'z fikrlaringizni bildirganingizdan bag'oyatda minnatdorman. Berilgan xatoliklarni izohlab o'tsam:
1. Kenja tur (aniqrog'i tip) va kichik tur so'zlarini o'zaro sinonim o'laroq olishni ma'qul ko'rgan edim. Sababi adabiyotlarda har ikki holatni ham kuzatgandim. Ammo maqolani bu borada tahrirlab qo'yishibdi va bu uchun Laziz Baxtiyorov va Humoyun Qodirovga rahmat.
2-3.Holat ham mengacha tahrirlanibdi. (O'ylaymanki maqola meniki emas jamoat mulki va uni erkin tahrirlash hammaning ham qo'lidan keladi)
4-iddaoyingizni esa o'rinli deya topmadim. O'rtasidagi so'zini orasidagi so'zi bilan alishtirgan esam-da aslida ma'no juda ravshan va uni tushuntirishga hojat yo'q. Ehtimol terminologiyaga bog'liq tushunmovchilik sababli shu xulosaga kelgan bo'lishingiz mumkindir. Ammo, bu jumlani g'alizligini isbotlamaydi.
E'tibor ila maqolani o'qib chiqqaningiz uchun tashakkur. PanPanChik #yozish 04:52, 11-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum „Qingling pandasi nomzod kenja turdan keyingi, tan olingan birinchi yirik pandaning kenja turi hisoblanadi.“, „„Dunyo tomonidan baham koʻrilgan panda madaniyati“ nomli tadbir“ (baham koʻrilgan jumlasini oʻzgartirish kerak, men taom maʼnosida tushundim), „Aniqroq qilib aytganda, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Qinling kenja turi bambuk va tuproqdagi metallarning ogʻir konsentratsiyasi sababli ham zararlanmoqda. Antropogen omili ayiqlar yashaydigan hududga qadar yetib kelganligi ushbu tur uchun katta xavfni yuzaga keltirgan.“ (inglizchada More specifically, studies have indicated that the Qinling subspecies faces such anthropogenic threats so directly due to the fact that heavy concentrations of metals in bamboo and soil are positively correlated with high elevations, thus the Qinling Mountain Range is increasingly affected deb yozilgan, mening ingliz tilidagi darajam uncha yaxshi emas, ammo bu gap oʻzbekchaga tushmay qolgan, oʻzbekchasida qandaydir uzilish bor) shu gaplarni toʻgʻrilash kerak Humoyun Qodirov (munozara) 05:17, 11-Oktyabr 2023 (UTC)
Salom, avvalo fikrlaringiz uchun minnatdorman va ularni maskimal darajada tuzatishga urindim. Jumladan,
Qingling pandasi nomzod kenja turdan keyingi, tan olingan birinchi yirik pandaning kenja turi hisoblanadi gapini soddalashtirdim. 2-jumla esa dunyo xalqlarini pandalar madaniyati bilan tanishtirishga asoslangan tadbir haqida edi va uni keraklicha tuzatishga urindim)))
Keyingi jumlani huwiki, zhwiki, dewiki va boshqa tillardagi ma'lumotlarga asoslangan holda (to'g'ridan-to'g'ri tarjima emas) tuzatishga urindim. O'ylaymanki yangi holat avvalgisidan ko'ratushunarliroq va o'quvchiga ko'proq ma'lumot bera oladi.
E'tiboringiz va maqolani tahrirlashdagi ko'magingiz uchun tashakkur. PanPanChik #yozish 06:24, 11-Oktyabr 2023 (UTC)
„Qinling pandasi“ sahifasiga qaytish.