Qinling pandasi (Ailuropoda melanoleuca qinlingensis) — 1959-yili kashf etilgan[1], gigant pandaning kenja turi boʻlib, 2005-yilgacha tur sifatida tan olinmagan[2][3]. Nomzod kenja turdan keyingi, tan olingan birinchi yirik kenja panda turi hisoblanadi.

Qinling panda / Jigarrang panda
2008-yilda tugʻilgan Qi Zai tutqunlikdagi yagona jigarrang panda
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Oila: Ursidae
Urugʻ: Ailuropoda
Tur: A. melanoleuca
Osttur: A. m. qinlingensis
Trinomial nomi
Ailuropoda melanoleuca qinlingensis
Wan, Wu & Fang, 2005
  Qinling pandanining tarqalish hududi (2020)
  Qinling pandanining tarqalish hududi (2020)

Bu yirik pandaning birinchi tan olingan kenja turi boʻlib, boshqa kenja turlardan jigarrang moʻynasi va bosh suyagi hamda tanasining umumiy oʻlchami kichikligi bilan farq qiladi.

Ushbu turdagi pandalar faqatgina Qinling togʻlarida, 1,300–3,000 metr (4,300–9,800 ft)[2] (boshqa manbalarga koʻra 1,300–3,300 metr (4,300–10,800 ft)[4]) boʻlgan balandlikda yashaydi.

Hozirgi vaqtda mazkur kenja turning faqat bitta individual vakili tutqunlikda saqlanadi. Siszai ismli erkak Qinling panda Xitoyning Shensi provinsiyasida joylashgan tadqiqot markazida saqlanmoqda.

Bugungi kunda, mazkur kenja turning populyatsiyasi haqida turli xil maʼlumotlar mavjud. Hozirda tabiiy muhitda mazkur turning bor yoʻgʻi 300 tadan ham kamroq vakili saqlanib qolgan[5].

Nomlanishi

tahrir

Mazkur turning soddalashtirilgan xitoy tilidagi nomi xit. an’anaviy 秦岭大熊猫, soddalashtrilgan 秦嶺大熊貓, pinyin: Qínlǐng dàxióngmāo boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilinganda Qinlingning Buyuk ayiq-mushugi maʼnosini anglatadi[6].

Xususiyatlari

tahrir

Qinling pandasi oʻzining nisbatan kichikroq bosh suyagi va toʻq jigarrang hamda och jigarrang (qora va oq aralashmasi) moʻynasi, tanasining umumiy oʻlchami kichikroqligi bilan koʻproq oʻrganilgan boshqa kenja turlardan farq qiladi. Koʻz dogʻlari koʻzining atrofida emas, balki pastki qovoq ostida joylashgan. Jigarrang pandalar tabiatda juda kam uchraydi[7].

Filogeniyasi

tahrir

Ursid turlari orasidagi filogenetik munosabatlar yillar davomida noaniq boʻlib kelgan[8]. Qinling pandasi (Ailuropoda melanoleuca qinlingensis) 1959-yilda kashf etilgan[9]. Mazkur jonivor gigant pandaning (Ailuropoda melanoleuca) kenja turi boʻlsa ham, 2005-yilgacha kenja tur sifatida tan olinmagan[2][3]. Qingling pandasi yirik pandalarning tan olingan birinchi kenja turi hisoblanadi.

Ursidae
Ursinae

Oq ayiq  

Qoʻngʻir ayiq  

Amerika qora ayigʻi  

Osiyo qora ayigʻi  

Malay ayigʻi  

Yalqov ayiq  

Koʻzoynakli ayiq  

Katta panda  

Qinling pandasi  

Qizil panda  

Tarqalishi va yashash joyi

tahrir

Ushbu kenja tur Qinling togʻlarining 1,300–3,000 metr (4,300–9,800 ft)[2] (boshqa manbalarga koʻra 1,300–3,300 metr (4,300–10,800 ft)[4]) balandlikdagi qismlaridagina uchraydi. Uning noodatiy rangi, ajdodlarining turlicha chatishuvi oqibatida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin. Chunki populyatsiya genetik oʻzgaruvchanlikdan kelib chiqqan va bu holat mutatsiya uchun javobgarlikni saqlab qolishga olib kelgan boʻlishi mumkin[2][7].

Sian shahrida 19-25-noyabr kunlari Davlat oʻrmon va oʻtloq xoʻjaligi maʼmuriyati hamda Shensi provinsiyasi hukumati homiylik qilingan Qinling gigant panda madaniyatini targʻib qilish maqsadida „Dunyo tomonidan tan olingan panda madaniyati“ nomli tadbir oʻtkaziladi. Qinling gigant panda madaniyatini targʻib qilish tadbiridan koʻzlangan maqsad dunyoga Qinling panda haqida maʼlumot berish, Qinling gigant pandasini himoya qilishda koʻproq omma eʼtiborini jalb qilish va Qinling gigant panda turini Shensining ekologik va madaniy tashrif qogʻoziga aylantirishga qaratilgan[10].

Soʻnggi statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 548 ta Qinling gigant panda mavjud boʻlib, ularning 87 foizi Sichuanda yashaydi. Sichuandagi yovvoyi gigant pandalar soni mamlakatdagi Qinling pandalari umumiy sonining 74% qismini tashkil etadi[10].

Saqlash va tahdidlar

tahrir

2001-yilga kelib yovvoyi tabiatda taxminan 100 ta Qinling pandasi yashagani aniqlangan[7].

1989-yil 30-avgustda ushbu turning urgʻochisi qoʻlga olinib, oddiy gigant panda bilan juftlashtirish uchun Sian hayvonot bogʻiga keltirilgan. Bu pandaning avlodi oq-qora boʻlgan, biroq qarigan sari moʻynasi jigarrang rangga oʻzgara boshlagan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, uchta bola tugʻgan, ularning barchasi tugʻilgandan koʻp oʻtmay vafot etgan. Dan-Dan laqabli ona ayiq 2000-yilda vafot etgan[11].

Xitoyda davom etayotgan atrof-muhitning ifloslanishi natijasida bambuk va tuproq tarkibida mis, nikel, qoʻrgʻoshin va rux kabi zaharli moddalar miqdori oshib borayotgani Qinling kenja turlari yashash hududining chegaralari qisqarishiga sabab boʻlmoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Qinling kenja turi Qingling togʻida oʻsuvchi bambukning Fargesia qinlingensis va Arundinaria fargesii turlarini isteʼmol qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ayni shu bambuklar tarkibini tuproqdagi metallarning ogʻir konsentratsiyasi sababli zaharlanishi, pandalar organizmini zararlamoqda. Antropogen omili ayiqlar yashaydigan hududga qadar yetib kelganligi ushbu tur uchun katta xavfni yuzaga keltirgan[12].

Tishlarining salomatligi Qinling pandalari omon qolishi uchun juda muhim omildir. Bu pandalarning umri davomiyligi 5—20 yilni tashkil etadi. Qinling Pandalarida keng tarqalgan tish kasalligi bu tish yemirilishi va sinishidir. Ushbu ikkita anormal holat pandalar umrining davomiyligiga taʼsir qilishi mumkin[13].

Galereya

tahrir
Qinling pandasi

Manbalar

tahrir
  1. 闫云霞. 在水一方 (zh). Beijing Book Co. Inc., 2015-12-01. ISBN 978-7-227-06258-5. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Zhang, Baowei; Li, Ming; Zhang, Zejun; Goossens, Benoît; Zhu, Lifeng; Zhang, Shanning; Hu, Jinchu; Bruford, Michael W. et al. (2007). "Genetic Viability and Population History of the Giant Panda, Putting an End to the 'Evolutionary Dead End'?". Molecular Biology and Evolution 24 (8): 1801–1810. doi:10.1093/molbev/msm099. ISSN 0737-4038. PMID 17513881. https://archive.org/details/sim_molecular-biology-and-evolution_2007-08_24_8/page/1801. 
  3. 3,0 3,1 „zh:秦岭大熊猫被确认为新亚种“ [Qinling panda recognized as new subspecies] (zh). Chinese Academy of Sciences (2005-yil 15-fevral). Qaraldi: 2011-yil 2-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Qinling panda“ (2021-yil 3-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  5. „Коричневая панда из Китая“. 2018-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
  6. „Meaning of "熊猫" in the Chinese dictionary“. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Qiu-Hong Wan; Hua Wu; Sheng-Guo Fang (2005). "A new subspecies of giant panda (Ailuropoda melanoleuca) from Shaanxi, China". Journal of Mammalogy 86 (2): 397–402. doi:10.1644/BRB-226.1. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_2005-04_86_2/page/397. 
  8. Waits, L. „[[[:Andoza:Google Books]] Genetics of the bears of the world]“, . Bears: Status Survey and Conservation Action Plan Servheen: . Gland: IUCN/SSC Bear and Polar Bear Specialist Groups, 1999 — 25–32-bet. ISBN 2-8317-0462-6. 
  9. 闫云霞. 在水一方 (zh). Beijing Book Co. Inc., 2015-12-01. ISBN 978-7-227-06258-5. 
  10. 10,0 10,1 „滚滚科普 | 秦岭大熊猫与四川大熊猫到底有啥区“ (2018-yil 19-noyabr).
  11. „Sepia Giant Panda“. Qaraldi: 2013-yil 24-dekabr.
  12. Zhao, Yan; Chen, Yi-ping; Ellison, Aaron; Liu, Wan-gang; Dong, Chen (June 10, 2019). "Establish an environmentally sustainable Giant Panda National Park in the Qinling Mountains". Science of the Total Environment 668: 979–987. doi:10.1016/j.scitotenv.2019.03.070. PMID 31018476. https://doi.org/10.1016/j.scitotenv.2019.03.070. Qaraldi: October 25, 2021. Qinling pandasi]]
  13. Jin, Yipeng; Chen, Si; Chao, Yanqiao; Pu, Tianchun; Xu, Hongqian; Liu, Xiaobin; Zhao, Kaihui; Nie, Yonggang et al. (2015). "Dental Abnormalities of Eight Wild Qinling Giant Pandas (Ailuropoda Melanoleuca Qinlingensis), Shaanxi Province, China". Journal of Wildlife Diseases 51 (4): 849–859. doi:10.7589/2014-12-289. PMID 26280879. 

Havolalar

tahrir

Ushbu maqolani tinglang (6 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 4-yanvar, 2024-yil(2024-01-04) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.