Murod al-Buxoriy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Murod ibn Ali ibn Dovud ibn Kamoluddin ibn Solih ibn Muhammadal-Husayniy, al-Hanafiy, al-Buxoriyan-Naqshbandiy — so‘fiy bo‘lgan, tafsir, hadis, fiqh va boshqa aqliy va naqliy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan olim. U milodiy 1640-yil (hijriy 1050-yil) tug‘ilib, milodiy 1720-yil (hijriy 1132-yil) vafot etgan. Haj amalini ado etish va Muhammadning qabrini ziyorat qilish uchun Hijoz diyoriga borgan hamda uch yil davomida Makkaga qo‘shni bo‘lib yashagan. So‘ngra Bag‘dod sari yuzlangan, u yerdan Buxoro va Isfahonga borgan. Ushbu safar asnosida Samarqand va Balx ulamolari bilan hamsuhbat bo‘lib, ular bilan do‘stlashgan. So‘ngra Bag‘dodda maʼlum muddat yashab, u yerdan ikkinchi marta Makkaga borgan. Undan keyin Misrga kelgan va shu yerda istiqomat qilgan. So‘ngra Konstantinopolga ko‘chib borgan. Sulton Mustafo Damashqda joylashgan o‘ziga qarashli o‘quv dargohlari — „al-Madrasa al-murodiya“, „al-Madrasa an-naqshbandiya al-buroniya“ va jome masjiddagi baʼzi qorilarni unga taqdim qilgan, undan esa keyinchalik Ahmad al-Maniniy qabul qilib olgan. U rabiussoniy oyining 12-sanasida Konstantinopolda vafot etgan va „Darsxona“ madrasasiga dafn etilgan.
Murod al-Buxoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1640-yil (hijriy 1050-yil) |
Vafoti |
milodiy 1720-yil (hijriy 1132-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tafsir, hadis, fiqh va boshqa aqliy va naqliy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan olim. |
Asarlari
tahrir- „al-Mufradot al-qurʼoniya“(arab, fors va turkiy tillardagi „Qurʼoniy mufradotlar“)
- naqshbandiya tariqatiga oid ko‘pgina risolalar
- „Silsilatu-z-zahab“(„Oltin silsila“)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 111-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |