Murtazo Qarshiboy (asl ismi: Murtoza Mamatqulovich Qarshibayev, 6-fevral 1961-yil, Payariq tumani, Samarqand viloyati) – jurnalist, yozuvchi, muharrir, davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist (2001-yil). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari[1][2][3][4][5].

Murtazo Qarshiboy
Murtazo Qarshiboyev

Murtazo Qarshiboy 2024-yil bahorida
Asl ismi Murtazo Qarshiboyev Mamatqulovich
Tavalludi 6-fevral 1961-yil (1961-02-06) (63 yosh)
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha, ruscha
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti
Faoliyat yillari 1987-yildan hozirgacha

Hayoti va taʼlimi

tahrir

Murtazo Qarshiboyev dehqon oilasida 1961-yil 6-fevralda Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Boʻzgʻovul qishlogʻida tugʻilgan[5][3].

Qishloqdagi oʻrta maktabni yakunlab, harbiy xizmatga ketdi (1979 — 1981). Harbiy xizmatdan soʻng 1982-yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetidagi Oʻzbek filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi. 1987-yilda oliy taʼlimni tamomlagandan keyin „Yoshlik“ jurnalida faoliyatini boshlagan. Jurnalistik faoliyati davomida „Mushtum“ jurnalida (1989 — 1992), „Vatan“ gazetasida (1992 — 1993), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida (1993–1991), „Tafakkur“ jurnalida (1994–1998), „Respublika“ gazetasida (1998–1999) ishlagan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Hukumatda qisqartirishlar ketayotgan bir paytda Adminstrasiyada yangi tayinlovlar amalga oshirilmoqda“. rost24.uz (24-dekabr 2022). Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  2. „SAMARQANDGA IJOD MAKTABI KERAK!“. marifat.uz (7-avgust 2024-yil). Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 „Mohir muharrir Murtazo Qarshiboy “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi“. oyina.uz (26-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  4. „Ijodkorlarni eslamaydigan Samarqand“. oyina.uz (7-avgust 2024-yil). Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Murtazo Qarshiboy (1961)“. baxtiyor.uz. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.