Mustaqillik bogʻi (Johor Bahru)

Malayziyaning Johor-Bahru shahridagi Taman Merdeka (Merdeka bogʻi yoki Mustaqillik bogʻi deb ham yuritiladi.) — joylashgan yashil bog'.

Mustaqillik bogʻi

Taman Merdeka
Skyline of Mustaqillik bogʻi
Mamlakat Malayziya
Asos solingan 2011
Maydon 12.5 km2 (4.8 kv mi)

Ushbu bogʻ oʻz nomini bogʻdagi mavjud devoriy suratlar va diqqatga sazovor joylar sharafiga olgan.Bu devoriy suratlar va diqqatga sazovor joylar mustaqillik uchun kurash, mustaqillikning o'zi va shu tariqa Britaniya mustamlakachi kuchidan o'z taqdirini o'zi belgilashni nishonlaydigan voqealarga namunalaridir.

Tarixi

tahrir

Bog' rasmiy ravishda 2011-yilda jamoat dam olish bog'i sifatida ishga tushirilgan[1]. Bogʻ 2020-yilda Malayziya universiteti tomonidan Malayziyada shahar yashil maydonlaridan foydalanish boʻyicha amaliy tadqiqot sifatida oʻrganilgan.Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, koʻpchilik tashrif buyuruvchilar u yerga "stressni bartaraf etish" uchun borishgan va u yerda oʻzlarini xavfsiz his qilishgan.Erta tongda u bogʻga ko'proq odamlar borishadi va ko'pchilik tashrif buyuruvchilar u yerga "issiq va nam tropik iqlim" tufayli borishgan deb hisoblangan[2].

Geografiyasi

tahrir

Mustaqillik bog'i 12,5 gektar maydonni egallaydi[1].Uning markazida ko'l bor.Ko'lning suv yuzasida suv oʻtlari bilan to'la, lekin koʻp joylarda suv jigarrangda.Bog'da shuningdek, dam olish kunlari musiqiy chiqishlar oʻtkaziladigan ochiq auditoriya mavjud.Bu yerda bolalar uchun suv havzasi, shuningdek, Laman Peringatan Sulton Abu Bakar (Sulton Abu Bakar yodgorlik maysazori deb ham yuritiladi) deb nomlangan kichik ingliz bogʻi joylashgan[3].

Bogʻ atrofidagi boshqa joylarga yugurish yoʻllaklari, Johor shtati bayroqlari bilan qoplangan kichik maydon va soat minorasi kiradi[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Taman Merdeka, Johor“. Nestle. Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
  2. "Use of Urban Green Spaces: A Case Study in Taman Merdeka, Johor, Bahru". Alam Cipta 13 (2). December 2020. https://frsb.upm.edu.my/upload/dokumen/20201215225456PAPER_7.pdf. 
  3. „Taman Merdeka (Independence Park), Johor Bahru“ (en). SHAH'S CORNER (2013-yil 18-fevral). Qaraldi: 2022-yil 12-aprel.
  4. „Taman Merdeka (Independence Park), Johor Bahru“ (en). SHAH'S CORNER (2013-yil 18-fevral). Qaraldi: 2022-yil 12-aprel.