Muzaffar Muhamedov
Muzaffar Muhamedov (1902-yil 1-yanvar, Toshkent — 1995-yil 18-noyabr) — aktyor, rejissyor, teatr tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1937), Oʻzbekiston xalq artisti (1959).
Muzaffar Muhamedov | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1902-yil Toshkent |
Vafoti |
18-noyabr 1995-yil (93 yoshda) |
Taʼlimi | Moskva oʻzbek drama studiyasi |
Kasbi | aktyor, rejissyor |
Unvoni | Oʻzbekiston xalq artisti |
Faoliyati
tahrirMoskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). Ijodiy faoliyatini Hamza rahbarligidagi „Turk kuchi“ truppasida aktyorlikdan boshlagan (1918). 1919—1924-yillar Oʻzbek davlat namuna drama truppasida aktyor. Andijon teatrida bosh rejissyor (1928—1930), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1930—1939), Navoiy teatrida (1939—1943 va 1950-yildan) rejissyor, Muqimiy teatrida bosh rejissyor (1943—1950). Mahmudxon („Zaharli hayot“), Muslim („Halima“), Oʻlmas Botir („Yorkinoy“), Mirzaboshi („Arslon“) va boshqa uning sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridir.
Muhamedov rejissyorlik faoliyatining dastlabki davrlarida V. Meyerxold yoʻlidan borgan, keyinchalik Muhamedov rejissurasi oʻziga xos rivoj topgan. U musiqali teatr rejissyori sifatida shakllangan va bu sohada oʻziga xos rejissyorlik maktabini yaratgan. „Halima“ (F. Zafariy), „Gulsara“ (K. Yashin, M. Muhamedov; T. Jalilov), „Layli va Majnun“ (Xurshid; R. Glier, T. Sodiqov), „Davron ota“ (K. Yashin, S. Abdulla, Chustiy; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy), „Tohir va Zuhra“, „Alpomish“ (S. Abdulla; T. Jalilov), „KIMga“ (Roslavets, T. Jalilov), „Gʻunchalar“ (Z. Fatxullin; T. Jalilov), „Oftobxon“ (K. Yashin; T. Jalilov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. „Ichkarida“ pyesasini, „Gulsara“, „Dilorom“, S. Abdulla bilan „Maysaraning ishi“ operalarining librettosini yozgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |