Nóra Medvegy
Nóra Medvegy (1977-yil 29-martda tugʻilgan) — vengriyalik shaxmatchi. U xalqaro shaxmat ustasi (2005-yil) va ayol grossmeyster (2002-yil) unvonlariga ega. Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Vengriya chempionatining ikki karra gʻolibi (1995-yil va 1999-yil).
Nóra Medvegy | |
---|---|
Mamlakati | Vengriya |
Tugʻilgan sanasi | Tatabánya, Vengriya | 1977-yil 29-mart
FIDE reytingi | 2407 (2004-yil) |
Faoliyati
tahrir1994-yilda Nóra Medvegy 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Vengriya chempionatida gʻolib chiqdi. U turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bir necha bor Vengriya nomidan qatnashgan. 1995-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan, shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 90-yillarning oʻrtalaridan boshlab Nóra Medvegy Vengriyaning yetakchi shaxmatchilaridan biri hisoblanadi. Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Vengriya chempionatining koʻp marotaba ishtirokchisi boʻlib, u 2 ta oltin (1995-yil va 1999-yil)[1], 2 ta kumush (2003-yil va 2007-yil) va 2 ta bronza (1997-yil va 2002-yil) medallarini qoʻlga kiritgan. 2002-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan „Elekes“ xalqaro shaxmat turnirida birinchi oʻrinni egalladi. 2003-yilda u Gibraltar shaxmat festivalida „GibTelecom Masters“ ochiq turnirida eng yaxshi ayol shaxmatchi boʻlgan.
Nóra Medvegy Vengriya terma jamoasi safida ayollar oʻrtasidagi shaxmat Olimpiadalarida ishtirok etgan[2]. Jumladan;
- 1996-yilda Yerevanda oʻtkazilgan 32-shaxmat Olimpiadasida uchinchi oʻrinni egalladi (1 ta gʻalaba, 2 ta durang va 2 ta magʻlubiyat),
- 1998-yilda Elista shahridagi 33-shaxmat Olimpiadasida birinchi oʻrinni egalladi (5 ta gʻalaba, 1 ta durang va 1 ta magʻlubiyat),
Nóra Medvegy Vengriya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ham ishtirok etgan[3]. Jumladan;
- 2005-yilda Goteborgda oʻtkazilgan 6-jamoaviy Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi (1 ta gʻalaba, 1 ta durang va 4 ta magʻlubiyat),
2002-yilda u FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi va uch yildan soʻng FIDE xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvonini oldi.
Nóra Medvegy vengriyalik shaxmatchi va grossmeyster (GM) Zoltan Gyimese bilan turmush qurgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „The Week in Chess 223“. TheWeekInChess.com. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Women's Chess Olympiads :: Nóra Medvegy“. OlimpBase.org. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „European Women's Team Chess Championship :: Nóra Medvegy“. OlimpBase.org. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Relatives and Spouses of Chess Masters“. — „Medvegy, Nora: Woman Grandmaster. She is married to GM Zoltan Gyimesa.“. 2009-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.