Nabira Esenboeva (1998-yil 9-dekabrda tugʻilgan)[1] — Oʻzbekistonlik erkin kurash sport turi boʻyicha ayol sportchi. Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida 2018-yilda oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida 59 kilogramm vazn toifasida kumush medal sohibi boʻldi[2]. 2019-yilda Xitoyning Sian shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida 62 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi[3].

Nabira Esenboeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 1998-yil 9-dekabrda tugʻilgan (23 yosh)
O'zbekiston
Sport
Qaysi sport Havaskor kurash
Medallar

Ayollar erkin kurashi O'zbekiston vakili Osiyo chempionati 2018 Bishkek 59 kg 2019 Sian 62 kg O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati

2018 Trnava 62 kg

Faoliyati

tahrir

Nabira Esenboeva 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Jahon Olimpiya saralash turnirida ishtirok etdi[4]. U oʻzining birinchi oʻyinidayoq magʻlubiyatga uchradi[4]. 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 57 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan[1]. Nabira Esenboeva ilk uchrashuvini indoneziyalik Mutiara Ayuningtiasga qarshi oʻtkazib, navbatdagi bahsda hindistonlik Pooja Dhandaga qarshi bahsda ishtirok eta olmadi[1]. 2018-yilda Slovakiyaning Trnava shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 62 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[5].

2019-yili Qozogʻistonning Nursulton shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 62 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan. U oʻzining ilk uchrashuvida amerikalik Kayla Miraklga qarshi kurash olib borgan[6]. 2021-yilda u Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Osiyo Olimpiya saralash turnirida ishtirok etdi[7]. U ushbu turnirda ishtirok eta olmagan, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon olimpiya saralash turnirida ham Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi[8].

2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Yasar Dogu turnirida ishtirok etgan.

Asosiy natijalar

tahrir
Yil Turnir Manzil Natija Tadbir
2018 Osiyo chempionati Bishkek, Qirgʻiziston 2 Erkin uslubda 59 kg
2019 Osiyo chempionati Sian, Xitoy 3 Erkin uslubda 62 kg

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Wrestling Results Book“. 2018 Asian Games. 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2020-yil.
  2. „2018 Asian Wrestling Championships – Results Book“. United World Wrestling. 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
  3. „2019 Asian Wrestling Championships Results“. United World Wrestling. 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 „2016 World Wrestling Olympic Qualification Tournament – Ulaanbaatar, Mongolia“. United World Wrestling. 2018-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
  5. Etchells, Daniel. „Japan dominate day two of women's finals at UWW Junior World Championships“. InsideTheGames.biz (21-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
  6. „2019 World Wrestling Championships Results“. United World Wrestling. 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
  7. „2021 Asian Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2021-yil.
  8. „2021 World Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2021-yil.

Havolalar

tahrir
  • Nabira Esenbaeva at United World Wrestling