Nagoya Universiteti (yapon tilida:名古屋大学, Nagoya daigaku) — qisqartirilgan oʻqilishi Meyday (yapon tilida:名大, Meyday) Yaponiyaning eng mashhur milliy universitetlaridan biri boʻlib hosoblanadi. Ushbu yapon milliy universiteti Nagoya shahri Chikusa rayonida joylashgan. Nagoya universiteti 1871-yilda vaqtincha tibbiyot universiteti boʻlib oʻz faoliyatini boshlagan. 1939-yilda Nagoya Imperatorlik Universitetiga aylantirilgan. 1947-yildan boshlab Nagoya universiteti deb nomlana boshlagan. 2004-yilda Nagoya Universiteti Korporatsiyasi nomi ostida tilga olina boshladi. Nobel mukofoti gʻoliblaridan biri Ximik olimi doktor Ryoji Noyori ozining akademik izlanishlari va oʻqitishlarini koʻp vaqtini Nagoya univeristetida amalga oshirgan. Hozirgi kunda Nagoya universiteti huquq fakulteti Oʻzbekistonning Toshkent Davlat Yuridik Instituti bilan xalqaro talabalar almashinuvi shartnomasini imzolagan. 2001-yildan kunimizgacha koʻpgina oʻzbek talabalar Nagoya universiteti fakultetlarida taʼlim olib kelishdi va hozirgi kunda ham taʼlim olishmoqda.