Nahel Merzoukning oʻldirilishi

2023-yil 27-iyun kuni kelib chiqishi Magʻribiy jazoirlik 17 yoshli Nahel Merzouk (shuningdek, Naël deb ham ataladi)[1] Parij chekkasidagi Nanterre hududida avtomashinada politsiya taʼqibidan keyingi toʻxtash chogʻida politsiya xodimi tomonidan otib oʻldirilgan edi. Rasmiylar Merzoukni otgan politsiyachini „hokimiyatdagi shaxsning oʻz ixtiyori bilan oʻldirishi“da gumon qilib hibsga oldi. Politsiya bayonotlari orqali maʼlum qilingan voqea haqidagi dastlabki rasmiy xabarlar keyinchalik internetda joylashtirilgan video bilan zid ekanligi keng koʻlamli norozilik va tartibsizliklarga sabab boʻldi. Shahar hokimiyatlari, maktablar va politsiya idoralari kabi davlat ramzlari boʻlgan idoralar, shuningdek, boshqa binolar ham hujumga uchradi[2]. 1000 dan ziyod avtomobillar yoqib yuborilgan, 1000 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Nahel Merzoukning oʻldirilishi

Qotillik Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari va zoʻravonliklar borasidagi keng jamoatchilik muhokamasining bir qismiga aylandi. Prezident Emmanuel Macron buni „kechirib boʻlmaydigan“ deb qoraladi.

Manbalar

tahrir
  1. Allen, Peter. „UK issues France travel warning as country is gripped by violence“ (en). Evening Standard (2023-yil 30-iyun). 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  2. „Death of Nahel M.: Over 1,300 arrested during Friday night riots“. Le Monde (2023-yil 1-iyul). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.