Naimjon Yoqubzoda
Naimjon Yoqubzoda (1890-yil, Buxoro — 1937-yil, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi rahbarlaridan biri.
Naimjon Yoqubzoda | |
---|---|
Tavalludi |
1890-yil |
Vafoti |
1937-yil 14-oktyabr Toshkent |
Fuqaroligi |
Buxoro amirligi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi O‘zbekiston SSR |
Taʼlimi | Buxoro madrasalari |
Kasbi | Savdogar |
Naimjon Yoqubzoda 1890-yilda Buxoro amirligi poytaxti Buxoro shahrida savdogar oilasida dunyoga kelgan. Hoshim Shoyiqning ukasi. Hoshim Shoyiq Buxoro xalq shoʻrolar jumhuriyatining Tashqi ishlar noziri va Harbiy ishlar nozirining muovini (1921—1922) lavozimlarida ishlagan. Yoqubzoda Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro jadidchilik harakati faol aʼzolaridan, Yosh buxoroliklar tashkiloti aʼzosi. Savdogarlik bilan mashgʻul boʻlgan. Taniqli davlat arbobi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davrida dastlab Buxoro Kompartiyasi Markaziy Komiteti Kotibi lavozimiga tayinlangan, soʼngra Tashqi ishlar noziri muovini boʻlgan[1]. Keyinchalik oʻz xohishi bilan siyosiy faoliyatini toʼxtatgan.
1937-yilning boshlarida, yaʼni qamoqqa olingunga qadar Oʼzbekiston SSR Sovxozlar xalq komissarligida masʼul vazifada ishlagan. Sudlangan, sudlanganligi sababli VKP (b) aʼzoligidan chiqarilgan.
OʻzSSR NKVD huzuridagi uchlik 1937-yilning 14-oktyabrda Naimjon Yaqubzodaga nisbatan hukm eʼlon qiladi. Sud hukmiga koʻra Naimjon Yaqubzoda aksilinqilobiy millatchi, „Milliy Ittihod“ tashkilotining chet eldagi byurosini tashkil qilish ilinjida odamlar va mablagʻlarni Afgʻonistonga oʻtkazish ishlarini rejalashtirish, Afgʻoniston va Germaniya elchixonalari bilan yashirin ravishda aloqa bogʻlaganlikda, xorijdagilar bilan aloqada boʻlib turganlikda ayblangan[2]. SSSR Oliy Sudi kollegiyasining 1938-yil 14-oktyabrda sayyor yigʻilishi boʻlib oʻtadi. 1937-yil 14-oktabr kuni OʻzSSR NKVD huzuridagi „uchlik“ (rais — Apresyan, Segizboyev, Sheyndlen, Yakovlev) qarori bilan oʻlim jazosi berilgan oliy jazoga hukm etilgan. Hukm oʻsha kuniyoq ijro qilinib, Toshkent shahrida otib tashlangan. Vafotidan soʻng mol-mulklari musodara qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ O'zbekistonda sovet davlatining qatag'on siyosati. Ilmiy maqolalar to'plami. Toshkent 2012 — 70-bet.
- ↑ Rustambek Shamsutdinov. Qatag'on qurbonlari (2-kitob) (o'zbekcha). Toshkent: Sharq nashriyoti 2007 — 182-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.