Nankin chinni minorasi
Nankin chinni minorasi, sobiq Buyuk Baoʻen ibodatxonasining bir qismi, Xitoyning Nankin shahridagi Qinxuay daryosining janubiy qirgʻogʻida joylashgan tarixiy joy. XV asrda Ming sulolasi davrida qurilgan pagoda, XIX asrda Taypin qoʻzgʻoloni paytida vayron qilingan. Uning zamonaviy nusxasi Nankinda mavjud.[1]
2010-yilda xitoylik tadbirkor Van Szyanlin Nankin shahrini rekonstruksiya qilish uchun bir milliard yuan (156 million AQSh dollari) xayriya qildi. Xabar qilinishicha, bu Xitoy tarixida qilingan eng katta shaxsiy xayriyadir.[2] 2015-yil dekabr oyida zamonaviy minora nusxasi va uning atrofidagi park xalq uchun ochildi.[3][4]
Tarixi
tahrir
Nankin chinni minorasi imperator Yongle davrida (1402–1424-yillar hukmronligi) loyihalashtirilgan, XV asr boshlarida qurilishi boshlangan. Uni Gʻarb dunyosi Yoxan Nieuhof kabi yevropalik sayyohlar orqali bilishgan.[5] Ba'zilar uni dunyoning yetti moʻjizasidan biri sifatida qayd etgan. Minora tashqi dunyoga ma'lum boʻlganidan soʻng mahalliy aholi va butun dunyodagi boshqa madaniyatlar uchun milliy boylik sifatida namoyon boʻldi.
1428-yil 25-martda imperator Syuande Chjen Xe va boshqalarga Nankindagi Buyuk Baoʻen ibodatxonasini qayta qurish va ta'mirlashni buyurdi.[6] 1431-yilda ma'bad qurilishi yakunlandi.[7]
1801-yilda minorani chaqmoq urishi natijasida eng yuqori toʻrtta qavati qulab tushdi. Tez orada qayta tiklandi. Granville Gower Loch tomonidan 1843-yilda nashr etilgan "Xitoydagi kampaniyaning yakuniy voqealari" kitobida minora 1840-yillarning boshlarida mavjud boʻlgani tavsiflangan. 1850-yillarda Taypin qoʻzgʻoloni Nankinga yetib borgani va qoʻzgʻolonchilar shaharni egallab olgani sababli minora atrofida fuqarolar urushi avj oldi. Ular buddist tasvirlarni sindirishdi va Sin hukumatining kuzatuv platformasidan voz kechish uchun ichki zinapoyani vayron qilishdi. Amerikalik dengizchilar 1854-yil may oyida shaharga kirganlarida ichi boʻsh minoraga tashrif buyurishdi. 1856-yilda Taypinlar minorani yo dushman guruhning shaharni kuzatish va oʻqqa tutish uchun foydalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun[8] yoki uning geomantik xususiyatlaridan xurofiy qoʻrquv tufayli vayron qilishdi.[9] Shundan soʻng, minora qoldiqlari boshqa binolarda foydalanish uchun tashib ketildi. Bu hudud diqqatga sazovor joyni qayta tiklashga harakat boshlangunga qadar vayrona holida qoldi.
Tavsifi
tahrir
Minora sakkiz burchakli boʻlib, poydevori taxminan 30 metr diametrda. U qurilganida Xitoydagi eng katta binolardan biri boʻlib, balandligi 260 fut (79 m)ga koʻtarilgan. Bino toʻqqiz qavatli va 184 pogʻona yuqoriga aylanib yuriladigan zinapoyadan iborat. Tomning tepasi oltin bilan bezaldi. 1852-yilda Nankinga tashrif buyurgan amerikalik missionerning soʻzlariga koʻra, binoga qoʻshimcha qismlar qoʻshish uchun rejalar mavjud boʻlgan. Xitoyda mazkur binodan baland bir nechta xitoy pagodalari mavjud. Masalan, balandligi Xebeydagi XI asrga oid Liaodi Pagodasi (84 metr) yoki hozirda saqlanib qolmagan VII asrga oid Changʻanning yogʻoch pagodasi kabilar.
Minora kunduzi quyosh nurlarini aks ettiruvchi oq chinni gʻishtdan qurilgan, kechasi esa minorani yoritish uchun binoga 140 ga yaqin chiroq osilgan. Chinni ishlab chiqarishda sir va tosh buyumlar ishlatilgan. Minoraning yon tomonlarida yashil, sariq, jigarrang va oq naqshlar, jumladan hayvonlar, gullar va landshaftlar tasviri ishlangan. Minora, shuningdek, koʻplab Buddizm tasvirlari bilan bezatilgan.
Minoraning asl qismlari Hindiston Geologik xizmati tomonidan 1877-yil 7-avgustda tashkil etilgan Kalkutta muzeyida boʻlishi mumkin.[10]
Galereya
tahrir-
Sharqiy Hindiston kompaniyasi elchiligi (1665) a'zosi Johan Nieuhof tomonidan ishlangan minoraning Yevropadagi dastlabki tasviri
-
Sharqiy Hindiston kompaniyasi elchiligi (1665) a'zosi Johan Nieuhof tomonidan ishlangan minoraning Yevropadagi dastlabki tasviri
-
Fischer von Erlachning "Fuqarolik va tarixiy arxitektura rejasi" asarida tasvirlangan chinni pagoda (1721)
-
Nankin muzeyida namoyish etilayotgan modelga asosan yaratilgan chinni minoraning vayron bo'lgunga qadar tasviri.[11]
Manbalar
tahrir- ↑ „Nanjing pagoda - Seven wonders of the medieval world“. www.unmuseum.org. U.N.Museum. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
- ↑ „Wanda chairman makes largest donation in China's history“. People's Daily (10-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2011-yil.
- ↑ Yu, Elaine. „Nanjing's Porcelain Tower: Ancient 'world wonder' brought back to life“. CNN (2016-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.
- ↑ „Thousand-year Porcelain Tower of Nanjing completes renovation“. People's Daily (2015-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.
- ↑ Digital Library for the Decorative Arts and Material Culture
- ↑ Dreyer, Edward L.. Zheng He: China and the Oceans in the Early Ming Dynasty, 1405–1433. New York: Pearson Longman, 2007 — 142-bet. ISBN 9780321084439. .
- ↑ Dreyer, Edward L.. Zheng He: China and the Oceans in the Early Ming Dynasty, 1405–1433. New York: Pearson Longman, 2007 — 135 & 144-bet. ISBN 9780321084439. .
- ↑ Jonathan D. Spence. God's Chinese Son, New York 1996
- ↑ Williams, S. Wells. The Middle Kingdom: a Survey of the Geography, Government, Literature, Social Life, Arts, & History of the Chinese Empire & its Inhabitants, Vol. 1. Scribner (New York), 1904.
- ↑ John Anderson, Catalogue and Handbook of the Archaeological Collections in the Indian Museum, Part II: Gupta and Inscription Galleries. Buddhist, Jain, Brahmanical, and Muhammadan Sculptures; Metal Weapons, objects from Tumuli, &c. (printed by order of the Trustees, Calcutta, 1883) p.479.
- ↑ Original Porcelain Tower reconstitution exposed in the Nanjing Museum.
Havolalar
tahrir- The Closing Events of the Campaign in China by Granville Gower Loch. London 1843.
- Great Baoʻen Monastery, Architectura Sinica Site Archive