"Narimanovets" – Xorazm viloyatida joylashgan Bogʻot tumani futbol klubi. Sovet ittifoqi va oʻzbek futbol klubi. Jamoa 1968-yilda tashkil etilgan.

Narimanovets
Toʻliq nomi „Narimanovets Bogʻot“ futbol klubi[1]
Asos solingan 1968-yil
Tugatilgan 1985-yil
Stadioni Bogʻot markaziy stadioni
Sigʻimi 1,000

Nomlari

tahrir
  • 1968—1969 – „Narimonov Kolxozi“
  • 1970—1976 – „Narimanovets Bogʻot“
  • 1975—1978 – „Xorazm Bogʻoti“ (Narimanovets nomidagi kolxoz)
  • 1979—1985 – „Narimanovets Bogʻot“ (Narimonovchi)

Narimanovets futbol klubi 1968-yilda Xorazm viloyati Bogʻot shahrida tashkil etilgan boʻlib, mahalliy „Narimanov kolxozi“ vakili edi[2].

1968-yilda u SSSR chempionati Ikkinchi ligasi Markaziy Osiyo guruhining „B“ toifasida debyut qilgan. 1970-yilda klub Narimanovets Bogʻotga oʻzgartirilgan[3]. Mavsum oxirida jamoa yuqori 4-oʻrinni egalladi, ammo SSSRda futbol ligalarining navbatdagi qayta tashkil etilishi tufayli klub havaskorlar musobaqalari darajasiga tushib ketgan. Keyinchalik klub oʻz ishtirokini Oʻzbekiston SSR chempionatida davom ettirgan. 1978-yilda klub oʻz nomini Xorazm Bogʻotiga oʻzgartirdi va oʻsha yili Oʻzbekiston SSR chempionligi va kubogini qoʻlga kiritgan. Keyingi yili yana Narimanovets Bogʻot nomiga qaytdi va yana „B“ toifasida chiqish huquqini qoʻlga kiritgan. SSSR chempionati Ikkinchi ligasining Markaziy Osiyo guruhida 1979-yildan 1985-yilgacha oʻynagan. 1985-yil mavsum oxirida klub faoliyati toʻxtatilgan va tarqatib yuborilgan.

Stadion

tahrir

Klub oʻz uy uchrashuvlarini Bogʻotdagi 1000 tomoshabinga moʻljallangan „Markaziy“ stadionida oʻtkazgan.

Turnir natijalari

tahrir

SSSR chempionati

tahrir
Mavsum Liga Nomlanishi D M UG OʻG O Oʻrin (Ishtirokchilar soni) Bosh murabbiy Eng yaxshi toʻpurar (gollar)
1968 "B" toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi Narimonov kolxozi 42 8 9 25 42 74 25 20 (22)
1969 "B" toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi Narimonov kolxozi 46 14 11 21 36 52 39 18 (24)
1970 "B" toifa „Markaziy Osiyo“ zonasi Narimanovets 32 19 8 5 46 24 46 4 (18) Valeriy Muxin N. Komarov (14)
1979 Ikkinchi liga,

5-zona

Narimanovets 46 17 8 21 49 64 42 17 (24) Gennadiy Mixaylutsa N. Nikulnikov (12)
1980 Ikkinchi liga,

6-zona

Narimanovets 36 15 4 17 37 43 34 11 (19) A. Javoronkov (8)
1981 Ikkinchi liga,

6-zona

Narimanovets 40 15 9 16 60 47 39 14 (21) E. Solovyov (17)
1982 Ikkinchi liga,

7-zona

Narimanovets 36 13 12 11 42 48 38 11 (19) Viktor Pshenichnikov S.Usenko (7)
1983 Ikkinchi liga,

7-zona

Narimanovets 40 19 8 13 58 50 46 7 (21) Viktor Pshenichnikov G. Roʻziyev (19)
1984 Ikkinchi liga,

7-zona

Narimanovets 38 15 6 17 42 56 36 10 (20) Yevgeniy Valitskiy M. Ruban (12)
1985 Ikkinchi liga,

7-zona

Narimanovets 32 6 8 18 27 54 20 17 (17) Viktor Pshenichnikov M. Ruban (12)

Yutuqlari

tahrir
  •   Futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempionati chempioni – 1978
  •   Futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi – 1976, 1978.
  • SSSR Ikkinchi ligasi zona bahslari 7-oʻrin sohibi – 1983.

Mashhur futbolchilar

tahrir

Mashhur murabbiylar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir