Aleksandr Ivankov
Aleksandr Dmitrievich Ivankov (1949-yil 17-oktyabr — 2004-yil 6-iyun[1]) — Toshkentning „Paxtakor“ klubi himoyachisi va murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Dmitrievich Ivankov | ||
Tavallud sanasi | 17-oktyabr 1949-yil | ||
Tavallud joyi |
Chirchiq, Toshkent viloyati, ![]() | ||
Vafot sanasi |
6-iyun 2004-yil (54 yoshda) | ||
Vafot joyi |
Toshkent, ![]() | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1970—1977 1977 1978 1980 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
(113(2) ? (1) ? (0) 21(2)) | |
Boshqargan klublari | |||
1979—1980 1985 1986 1987—1988 1992—1995 1992—1994 1995 1995 1996—1997 1999 2000 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
SSSR sport ustasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1986).
Karyerasi
tahrirFutbolchilik faoliyati
tahrirIvankov bolaligida suvga shoʻngʻishni yaxshi koʻrardi, biroq keyinchalik futbolni tanladi. Ivankovning birinchi murabbiyi Vadim Tereshchenko boʻlgan. Ivankov harbiy xizmatni Budapeshtda oʻtagan. U yerda Ivankovning istedodini Vsevolod Bobrov payqab qoladi va yosh futbolchini „Paxtakor“ jamoasiga yozilishini tavsiya qiladi. Boshida u hujum chizigʻida oʻynadi, ammo klubning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Mixail Yakushin uni himoyaga oʻtkazadi[2].
Ivankov Toshkent klubida 8 yil toʻp surdi. Jamoadagi faoliyati davomida u SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi. Himoyachi „Paxtakor“ni tark etgach, O‘zbekistonning „Shahrixon“, „Xorazm“ va „Narimanovets“ klublarida oʻynadi.
Murabbiylik faoliyati
tahrirAleksandr Ivankov murabbiylik faoliyatini „Narimanovets“ klubida boshlagan. Ayni shu klubda u futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. 1986-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Unda Oʻzbekiston jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan. Ushbu muvaffaqiyati uchun murabbiyga Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni berilgan. 1986-1987 yillarda Ivankovning ustozi Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiyi boʻlgan.
SSSR parchalanganidan keyin ham murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 1994-yili „Nurafshon“ jamoasini mamlakat vitse chempioniga aylantirdi. 1995-yilda Ivankov Oʻzbekiston terma jamoasini ikkita oʻyinda boshqargan. Oʻsh yili Afrika-Osiyo Millatlar Kubogida Ivankov boshchiligidagi jamoa Nigeriya termasiga munosib qarshilik koʻrsatgan.
1996-yilning iyun oyidan „Paxtakor“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan. Uning qoʻl ostida jamoa 1997-yilda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2000-yilda yana „Paxtakor“ga murabbiy etib tayinlangan[3], biroq bu safar atigi olti oy jamoani boshqargan.
2004-yil 6-iyunda vafot etgan. Toshkentdagi 1-qabristonning Kommunistik uchastkasiga (2-xarita) dafn etilgan[4].
Ivankovning farzandi Denis (1972-yilda tugʻilgan) ham futbolchi edi. U Oʻzbekistonning bir qator klublarida, jumladan, „Paxtakor“da ham darvozabon sifatida oʻynagan.
Yutuqlari
tahrir- SSSR xalqlari Spartakiadasi finalchisi: 1986
- Oʻzbekiston Vitse chempioni: 1994
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1996
Manbalar
tahrir- ↑ „Xotira. O'n besh yil avval Aleksandr Ivankov oramizdan ketgandi“ (2019-yil 7-iyul).
- ↑ „Биография на сайте «Ташкент помнит!»“. 23-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
- ↑ „У «Пахтакора» опять новый тренер“. sport-express.ru. 23-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
- ↑ „Биография на сайте «Спортивный некрополь»“ (deadlink). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2015-yil.