Nasl uchun gʻamxoʻrlik – hayvonlarning oʻz naslini yashab kelishi va rivojlanishini taʼminlash uchun eng qulay sharoit yaratishidan iborat faoliyati. Oddiy holda Nasl uchun gʻamxoʻrlikga pana joy tanlash va oziq toʻplashdir. Masalan, ayrim pardaqanotlilar falajlangan hasharot tanasiga tuxum qoʻyadi. Hasharot tuxumdan chiqqan lichinka uchun oziq boʻladi. Nasl uchun gʻamxoʻrlikning nisbatan mukammal shakli naslni passiv va aktiv parvarish qilishdan iborat. Birinchi holda ona yoki ota organizm tuxumlari yoki yosh naslini terisidagi maxsus chuqurchalari, teri burmalari, xaltalarida olib yuradi. Nasl uchun gʻamxoʻrlikning bu shakli ayrim ignaterililar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, chayonlar, oʻrgimchaklar, baliqlar (dengiz otchasi, igna baliq), suvda va quruklikda yashovchilar (doya qurbaqa, pipa), tuban sut emizuvchilar (yexidna, xaltalilar) uchun xos. Aktiv Nasl uchun gʻamxoʻrlikda voyaga yetgan organizmlar panada joy quradi; bolalarini oziqlantiradi, isitadi, himoya qiladi va parvarishlaydi. Koʻpchilik qushlarning modasi yirtqich hayvonni turli yoʻllar bilan aldab, bolalari va tuxumlari turgan joydan uzoqroqqa olib ketishga harakat qiladi. Tuyoqli hayvonlar podasi yosh hayvonlarni oʻrab olib, ularni yirtqichlardan himoya qiladi. Evolyutsiya jarayonida Nasl uchun gʻamxoʻrlik naslning yashab qolish imkoniyatini oshiradi; ortiqcha serpushtlikka barham beradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil