Navbahor markaziy stadioni — 1960-yillarda qurilgan Oʻzbekistondagi eng katta stadionlardan biri. Stadion oʻz bagʻriga 22 mingga yaqin muxlis sigʻdira oladi. Stadion Namangan shahrining kirish qismiga yaqin yerda joylashgan. Stadionda mahalliy Navbahor futbol klubi toʻp suradi.

Navbaxor Markaziy Stadioni
Sobiq nom(lar)i Центральный Стадион Навбахор Наманган
Joyi Namangan, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 1955-1956 - yillari
Qachon ochilgan 1956-yil
Qachon taʼmirlangan 1975-1989-2009-2013 - yillari
Egasi Navbahor futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 21.913 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Navbahor futbol klubi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi

„Navbahor“ markaziy oʻyingohi 2013-yilda foydalanishga toshiriladi.[1][2]

Tarixi

tahrir

Stadion qurilishi 1956-yilda yakunlangan . Xuddi shu yili ochilgan. Yillar davomida u bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Eng keng qamrovli rekonstruksiya 1975, 1989, 2009 va 2013-yillarda amalga oshirilgan. 2013-yildagi keng ko‘lamli rekonstruksiyadan oldin stadion 28480 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lsa, 2009-yildagi rekonstruksiyadan oldin u 45000 tomoshabinni sig‘dira olardi. Oxirgi taʼmirdan soʻng sigʻim 22 000 tagacha qisqartirildi, ammo stadion yanada zamonaviylashdi va FIFA va OFK standartlariga moslashdi . Stadionda barcha qulayliklar va zarur zamonaviy infratuzilma mavjud. Maydon atrofida yugurish yoʻlagi bor[3].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-yanvardagi „2011-2013-yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra[4] Namangandagi „Navbahor“ markaziy oʻyingohini qayta rekonstruktsiya qilish hamda klub qoshidagi futbol maktabi uchun sport inshootini qurish[5] belgilab qoʻyilgandi. Quyida bugungi kunda „Navbahor“ oʻyingohida olib borilayotgan taʼmirlash va boshqa qurilish ishlari davom etayotgan inshootlari haqida maʼlumot berib oʻtamiz.[6] Stadion qayta qurilishi uchun 16 million $ dollardan oshiq mablagʻ sarflangan.[7]

Tavsifi

tahrir

Futbol maktabi sport inshootlarini qurilishi uchun Namangan shahar hokimining 2011-yil 28 fevraldagi qarori bilan 1,7 gektar yer maydoni ajratilgandi. Futbol maktabi sport inshootlari tarkibiga 90x60 m. va 80x60 m. Oʻlchamli ikkita futbol maydoni ikki qavatli maʼmuriy bino, injener kommunikatsiyalari kiritilgan. Ayni paytda Namangan shahrining Doʻstlik shoh koʻchasi yonida joylashgan „Navbahor-Umid“ futbol maktabining qurilish ishlari deyarli yakuniga etib boʻldi. Jumladan, maktabning maʼmuriy binosi, xojatxona va nasos binolari qurib bitkazildi. Xonalarni kerakli jihozlar bilan jihozlash ishlari yakunlansa, bino tayyor holga keltiriladi. Yaqin kunlar ichida ikkita futbol maydonidagi ishlar ham yakuniga etadi. Maydonlarning birini sunʼiy qoplamali bOʻlishini eʼtirof etish joiz. Sport inshootining umumiy loyihaviy qiymati 1728 mln. soʻmni tashkil etadi.

 

„Navbahor“ markaziy oʻyingohidagi taʼmirlash ishlari esa maʼlum tanaffusdan keyin yana davom ettirilmoqda. Shu kunlarda bosh pudratchi hisoblangan qurilish tashkiloti rekonstruktsiyani boshlab yubordi. 1980-yilda foydalanishga topshirilgan markaziy oʻyingoh shu paytga qadar toʻla taʼmirlanmagandi. Faqatgina har bir mavsum arafasida joriy taʼmir ishlari olib borilardi. Zamon zayli bilan deganlaridek, bugungi kunda Oʻyingoh xalqaro oʻyinlarni oʻtkazish talabiga javob bermaydi. Umumiy er maydoni esa 6,2 gektarni tashkil qiladi. Oʻyingoh maydoni 110x67 metrni tashkil etib, inshootda 23ta sektordan tashqari ikkita bino ham bor. Oʻyingohning oldi tomonida ikki qavatli maʼmuriy bino joylashgan. Endilikda koʻrinishi oʻzgacha boʻlishi bilan bir qatorda tomoshabinlar sigʻimi ham 20000 muxlisga moʻljallanishi koʻzda tutilgandi.[8] Ammo, Namangandagi oʻyingohni aksariyat hollarda ishqibozlar bilan toʻlib toshishi bois namanganlik muxlislar klub rahbariyati va viloyat futbol federatsiyasidan oʻrindiqlar sonini oshirishni soʻrashgandi. Ayni paytda ushbu masala koʻrib chiqilmoqda.

„Navbahor-Umid“ futbol maktabi yaqin kunlar ichida jamoa tarbiyalanuvchilari ixtiyoriga topshirilsa, markaziy oʻyingoh esa 2013-yilgi mavsum arafasida foydalanishga topshiriladi.[9][10]

Ichki musbaqalar

tahrir

2020-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga Navbahor Markaziy stadioni mezbonlik qilgan.[11]

Xalqaro oʻyinlar

tahrir

2019-yil Namangan shahri Oʻzbekiston yoshlar jamoasi (U19) oʻrtasidagi Oʻrtoqlik oʻyiniga mezbonlik qilgan.[12] Shuningdek Navbahor Markaziy stadioni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi oʻrtoqlik,[13] Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga ham mezbonlik qildi. 2021-yil Oʻzbekiston vs Gana jamoalari oʻrtasida oʻyinlar oʻtkazilgan boʻlsa,[14] 2022-yil mart oyida Markaziy Osiyo Navroʻz kubogiga mezbonlik qildi. 2023-yilgi Osiyo kubogi saralash baxslari ham Markaziy stadionda oʻtkazildi.[15]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-04
  2. „“Навбаҳор” стадиони майдони эътироф этилди“. 2022-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  3. „“Навбаҳор” – “Локомотив” учрашувига барча чипталар сотиб бўлинди. Стадион сиғими 21 913 томошабин“ (2017-yil 17-mart). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  4. „Navbaxor stadioni“ (06 янв 2014). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  5. „"Навбаҳор" стадионида ишлар қизғин“ (2014-yil 7-yanvar). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  6. „Намангандаги стадион учун Голландиядан чим олиб келинади“ (2019-yil 11-yanvar). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  7. „Баҳром Холмирзаев: «Навбаҳор» стадионига 40 млрд. сўмдан ортиқ маблағ сарфланди“ (2014-yil 7-yanvar). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  8. „Намангандаги "Марказий" стадион ўйинга шай ҳолатда (Фоторепортаж)“ (2019-yil 4-may). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  9. „Namangandagi "Markaziy" stadion bugungi uchrashuvga tayyor FOTO“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  10. „"Navbahor" - "Paxtakor". Stadion o'yinga tayyor“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  11. „Намангандаги стадион финалга тайёр“ (2020-yil 20-dekabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  12. „Намангандаги стадион Ўзбекистон U-19 - Берлин-U18 учрашувига тайёр (ФОТО)“ (2019-yil 23-may). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  13. „Ўртоқлик ўйини. Намангандаги стадион Ўзбекистон - Гана баҳсига тайёр“ (26 мар 2021). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  14. „Ўртоқлик ўйини. Намангандаги стадион Ўзбекистон - Гана баҳсига тайёр“ (2021-yil 26-mart). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  15. „Намангандаги "Марказий" стадион Осиё кубоги-2023 саралаш баҳсларига тайёр“ (2022-yil 8-iyun). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.

Havolalar

tahrir