Oʻzbekiston Kubogi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi (Ўзбекистон кубоги) — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan, futbol boʻyicha har yili oʻtkaziladigan milliy kubok musobaqasi. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbek futboli miqiyosidagi eng eski musobaqalardan biridir. Sovet Ittifoqi tarkibida Oʻzbekiston SSR mahalliy kubok musobaqalari oʻtkazilishi 1939-yil yoʻlga qoʻyilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Oʻzbekiston kubogi sohibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi.
Davlat | Oʻzbekiston |
---|---|
Tashkil etilgan | 25-oktyabr, 1992-yil |
Jamoalar soni | 30 |
Amaldagi chempion | Andijon (1-marta) |
Eng koʻp marta chempion | Paxtakor (13 marta) |
TV hamkorlar | Sport TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. Agar Oʻzbekiston kubogini Superliga Chempioni qoʻlga kiritgan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Superligasidagi yuqori oʻrinlardagi jamolardan biriga OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyati beriladi (amaldagi kvotaga qaraladi).
„Paxtakor“ 13 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan musobaqadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi oʻrinda „Bunyodkor“ 4 ta, „Navbahor“, „Nasaf“ va „Lokomotiv“ klublari 3 tadan kubok bilan uchinchi oʻrinda[1][2]. „Nasaf“ klubi 2022-yilgi finalda „Navbahor“ni „Buxoro“ stadionida magʻlub etgan eng soʻnggi gʻolib hisoblanadi.
Finnallar tarixi
tahrirOʻzbekiston Kubogiga aloqador faktlar
tahrirEng koʻp gol urilgan oʻyin „Paxtakor“ jamoasining 2001/2002-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinida, qoʻshimcha vaqtda 6:3 hisobida qayd etilgan[3].
Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga, 8 marta qoʻshimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 81ta toʻp (penaltilar seriyasidan tashqari) darvozalarga kiritilgan. Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan[4].
Oʻzbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng soʻnggi gol muallifi — Vladimir Bubanja hisoblanadi[5].
Stadionlar
tahrirEng koʻp finalga mezbon boʻlgan stadion: Paxtakor markaziy stadioni — 18 marta. 2014-yildan buyon finallar boshqa stadionlarda oʻtkazilmoqda. Dinamo — 3, MHSK — 2, Istiqlol — 2, Bunyodkor — 1, Navbahor — 1 Soʻgʻdiyona — 1, Lokomotiv — 1, OKMK — 1, Buxoro — 1 martadan mezbon bo'lgan.
Eng koʻp tomoshabin kelgan final: 1999/2000-yilgi „Doʻstlik“ — „Samarqand“ oʻyiniga 30 ming tomoshabin kelgan.
Yillar boʻyicha gʻoliblar
tahrirOʻzbekiston Kubogi gʻoliblari |
---|
Final
tahrirSovrindor klublar
tahrirKlublar | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Finallar | Chempion yillar |
---|---|---|---|---|
Paxtakor Toshkent | 13 | 4 | 17 | 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019, 2020 |
Bunyodkor Toshkent | 4 | 5 | 9 | 2008, 2010, 2012, 2013 |
Nasaf Qarshi | 4 | 4 | 8 | 2015, 2021, 2022, 2023 |
Lokomotiv Toshkent | 3 | 3 | 2014, 2016, 2017 | |
Navbahor Namangan | 3 | 3 | 6 | 1992, 1995, 1998 |
Neftchi Fargʻona | 2 | 5 | 7 | 1994, 1996 |
AGMK-Olmaliq | 1 | 3 | 4 | 2018 |
Doʻstlik Toshkent | 1 | 1 | 2000 | |
Andijon | 1 | 1 | 2024 | |
MHSK Toshkent | 1 | 1 | ||
Shoʻrtan Gʻuzor | 1 | 1 | ||
Dinamo-Samarqand | 1 | 1 | ||
Mash’al Mubarak | 1 | 1 | ||
Traktor Toshkent | 1 | 1 | ||
Yangiyer | 1 | 1 | ||
Qoʻqon-1912 (Temiryoʻlchi) | 1 | 1 |
Hakamlar
tahrirIlk finalda (1992-yil) hakam Gali Imomov bo'lgan.
Oʻzbekiston kubogi finallarida ishlash borasida mundiallar rekordchisi Ravshan Ermatov hisoblanadi. Uning hisobida 5 ta final bor. Keyingi pogʻonaga 4 tadan oʻyin bilan Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yozilgan. Rustam Saidov va Marat Ismoilov hisobida 2ta oʻyin bor. Ravshan Ermatov qatorasiga 5 marta finallarda ishlash boʻyicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi. 2010—2013-yilgi mavsumlar hal qiluvchi bahslarining barchasini Ermatov boshqargan.
2 bor chet ellik hakamlar ishlagan. 2014-yilgi final oʻyinini Kim Dong-jin (Janubiy Koreya) boshqargan. 2017-yilgi final bahsida BAA vakili Muhammad Abdulla Hasan ishlagan.
Finallarda eng koʻp sariq kartochka Ravshan Ermatovning choʻntagidan chiqqan (20 marta) boʻlsa, qizil kartochka koʻrsatish borasida Gali Imomov hamda Noil Lutfullin yetakchi boʻlgan (3 tadan). Penalti belgilash boʻyicha Temur Toʻxtasinov yetakchi[9].
Oʻzbekiston kubogi final oʻyinida ishlagan hakamlar roʻyxati (Yillar va eng koʻp hakamlik boʻyicha)
tahrir- Ravshan Ermatov (2010, 2011, 2012, 2013, 2015)
- Gali Imomov (1992, 1995, 1998, 2000)
- Noil Lutfullin (1993, 2003, 2006, 2007)
- Rustam Saidov (2001, 2002)
- Marat Ismoilov (2008, 2009)
- Doniyor Osimov (1994)
- Rashid Aytekov (1996)
- Sardor Najafaliyev (1997)
- Dmitriy Roman (2004)
- Gʻayrat Karimov (2005)
- Kim Dong Jin (Janubiy Koreya, 2014)
- Vladislav Tseytlin (2016)
- Mohammed Abdulla Hassan Mohamed (BAA, 2017)
- Temur Toʻxtasinov (2018)
- Sherzod Qosimov (2019)
- Zokir Qodirov (2020)
- Xolid Solih at-Turays (2024)
- Vadim Agishev (2022)
- Aziz Asimov (2023)
- Axrol Risqullayev (2021)
№ | Hakam | final | s-k | q-k | pen |
---|---|---|---|---|---|
1 | Ravshan Ermatov | 5 | 20 | 1 | 1 |
2 | Gali Imomov | 4 | 14 | 3 | 0 |
3 | Noil Lutfullin | 4 | 14 | 3 | 0 |
4 | Marat Ismoilov | 2 | 12 | 2 | 0 |
5 | Rustam Saidov | 2 | 11 | 1 | 0 |
6 | Rashid Aytekov | 1 | 8 | 0 | 0 |
7 | Gʻayrat Karimov | 1 | 6 | 0 | 0 |
8 | Sherzod Qosimov | 1 | 4 | 0 | 1 |
9 | Kim Dong Jin | 1 | 3 | 1 | 0 |
10 | Muhammad Abdulla Hasan | 1 | 5 | 0 | 0 |
11 | Sardor Najafaliyev | 1 | 4 | 1 | 1 |
12 | Dilshod Asimov | 1 | 3 | 0 | 0 |
13 | Dmitriy Roman | 1 | 3 | 0 | 0 |
14 | Temur Toʻxtasinov | 1 | 5 | 0 | 2 |
15 | Vladislav Tseytlin | 1 | 4 | 1 | 0 |
16 | Zokir Qodirov | 1 | 1 | 0 | 1 |
17 | Axrol Risqullayev | 1 | 3 | 1 | - |
18 | Vadim Agishev | 1 | 5 | 0 | 0 |
19 | Aziz Asimov | 1 | 9 | 0 | 1 |
Eng yaxshi toʻpurarlar
tahrirUmumiiy Kubok tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar
tahrirQalin belgi faol oʻyinchini bildiradi.
Finallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar
tahrir№ | Millati | Oʻyinchi | Pozitsiya | Yillar | Klub | Jami | Eslatma |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | UZB | Anvar Soliev | Hujumchi | 1994—2017-yillar | Navbahor Paxtakor Bunyodkor |
5 | |
2 | Dragan Ćeran | Hujumchi | 2016- | Paxtakor | 5 | ||
3 | UZB | Leoned Koshelev | Yarim himoyachi | 1985—2003-yillar | Paxtakor | 4 | |
4 | UZB | Server Jeparov | Yarim himoyachi | 1998-2017 | Paxtakor | 2 | |
5 | UZB | Rustam Doʻrmonov | Hujumchi | 1985—2003-yillar | Neftchi | 2 | |
6 | TUR | Gochguli Gochguliyev | Himoyachi | Paxtakor | 2 | ||
7 | Jovan Đokić | Hujumchi | AGMK | 2 | |||
Oleksandr Pishchur | Hujumchi | Bunyodkor | 2 | ||||
9 | UZB | Jasur Hasanov | Yarim himoyachi | 2000-… | Bunyodkor Lokomotiv |
2 | |
10 | UZB | Jaʼfar Irismetov | Hujumchi | 1993—2012-yillar | Doʻstlik | 2 | |
11 | UZB | Mirjalol Qosimov | Yarim himoyachi | 1987—2005-yillar | Paxtakor | 2 | |
12 | UZB | Noʻmon Hasanov | Hujumchi | 1985—2007-yillar | Paxtakor Traktor |
2 | |
13 | UZB | Irakli Klimiashvili | Hujumchi | Paxtakor | 2 | ||
14 | UZB | Andrey Akopyants | Yarim himoyachi | Paxtakor | 2 |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „O'zbekiston kubogi. Barcha finallarning ramziy terma jamoasi“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
- ↑ „16:0 - O'zbekiston kubogi tarixidagi eng yirik hisobmi?“ (2024-yil 23-aprel).
- ↑ „Ўзбекистон кубоги. Мухлислар рекордини биласизми?“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „Мутлақ рекордчи Нестеров ёхуд финалда ўйнаган дарвозабонлар ҳақида“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
- ↑ „O'zbekiston Kubogi finaliga oid faktlar“ (O'zbek). Championat.Asia (10-25-2016). 2023-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.
- ↑ „Muxlislar tashrifi“.
- ↑ „“Nasaf” uch karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2022-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „“Nasaf” toʻrt karra Oʻzbekiston kubogi sohibi!“. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
- ↑ „O'zbekiston Kubogi Bosh hakamlari tarixi“.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrirVikiomborda Oʻzbekiston Kubogi haqida turkum mavjud |