Navroʻz Ahmadovich Joʻraqobilov (1984-yil 17-martda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek dzyudochisi, Oʻzbekiston chempionatlari chempioni va sovrindori, Osiyo oʻyinlari sovrindori, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori, 2012-yil Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi.

Navroʻz Joʻraqobilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Navroʻz Ahmadovich Joʻraqobilov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-mart 1984-yil (1984-03-17) (40 yosh)
Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Parij 2011 73kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Bronza Guanchjou 2010 73kg gacha
Bronza Inchxon 2014 jamoa
Osiyo chempionati
Bronza Toshkent 2012 73kg gacha
Gran-pri
Oltin Boku 2011 73kg gacha

Tarjimai hol

tahrir

Navroʻz Joʻraqobilov yengil vazn toifasida (73 kg gacha) ishtirok etadi. Oʻzbekiston chempionatlarining chempioni (2004), kumush (2010) va bronza (2014) medallari sovrindori. 2010-yilda Joʻraqobilov yakkalik bahslarida, 2014-yilda esa jamoada Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻladi. 2012-yilda Toshkentda oʻtkazilgan qitʼa chempionatining bronza medalini qoʻlga oladi. 2011-yilda Parijdagi jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.

Dzyudochi Navroʻz Joʻraqobilov 2011-yilda Bokuda Gran-prini qoʻlga kiritadi va 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻl oladi. U Olimpiada naurulik Sled Dovabobo va kanadalik Nikola Trittonlarni ustidan gʻalaba qozondi, biroq tojikistonlik Rasul Bakiyevga yutqazib, medallar uchun kurashishda yengiladi.

Havolalar

tahrir