Nazar Eshonqul
Nazar Eshonqul (15-iyun 1962-yil Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani) – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist[1].
Nazar Eshonqul | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyun 1962-yil |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Yoʻnalish | hikoya |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirNazar Eshonqul 1962-yil 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida dunyoga kelgan. 1979-yilda Oʻrta maktabni tamomlab Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1981—1986) va oʻshu yerda aspiranturani ham (1986—1991) davom ettirdi.
Faoliyati
tahrir- Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida[2];
- „Yozuvchi“ gazetasida;
- „Jahon“ adabiyoti jurnalida oʻz faoliyatini olib bordi.
Asarlari
tahrirNasrimizning oʻtgan asr 80–90-yillardagi yanglanishi odatiy anʼanaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri – XXasr boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar paydo boʻldi. Shu oʻrinda yozuvchi Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga oʻzgacha ovoz va ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblar qatoridan joy olgan. Uning dastlabki asari – „Urush odamlari“[3] qissasi (1989). Shundan soʻng „Momoqoʻshiq“ (1991), „Yalpiz hidi“ (1996) „Ufq ortidagi quyosh“, „Maymun yetaklagan odam“ (2004), „Shamolni tutib boʻlmaydi“(2005), „Shaftoli guli“ (2011) nomli bir qator kitoblari nashr etildi.
Nazar Eshonqul haqidagi fikrlar
tahrirOʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov yozuvchi haqida shunday deydi: „Nazar Eshonqul mening nazarimda bizning oʻzbek adabiyotida dunyo adabiyotlarining eng ilgʻor oqimlari va usullarini chuqur oʻrganagan va oʻz asarlarida targʻib qilgan“.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Xoliqov shunday fikrlarini bildirgan: „Nazar Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlarini ham toʻgʻri tushunish, ularning asarlarini anglash, his etish imkoniyatiga ham ega boʻlamiz“.
Mukofotlari
tahrirNazar Eshonqul 1999-yili „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ "Ziyo istagan qalblar uchun! – Nazar Eshonqul (1962)" https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/nazar-eshonqul-1962
- ↑ https://lex.uz/docs/3783426
- ↑ ["Назар Эшонқул. Уруш одамлари (қисса) - www.ziyouz.uz" https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nazar-eshonqul/nazar-eshonqul-urush-odamlari-qissa/ „Nazar Eshonqul. Urush odamlari (qissa)“] (24-noyabr). Qaraldi: 24-noyabr.
- ↑ „NAZAR ESHONQUL“. 2024-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.