Nazira Aliyeva
Nazira Nasriddinovna Aliyeva (31-dekabr 1912, Toshkent — 19-iyun 1980) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Boku teatr texnikumini (1927), Moskva davlat teatr sanʼati institutini (1934) tugatgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti katta oʻqituvchisi (1945-yildan), kafedra mudiri (1949-66), dotsenti (1961-yildan).
Nazira Aliyeva | |
---|---|
Tavalludi |
31-dekabr 1912 |
Vafoti |
19-iyun 1980-yil (67 yoshda) |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Aliyeva 1935-41 yillarda M. Azizbekov nomidagi Ozarbayjon davlat akademik drama teatrida Soʻlmas (J. Jabborli, „Oʻt kelini“), Durdona (Husayn Jovid „Siyovush“), Juletta (U. Shekspir, „Romeo va Juletta“) obrazlarini ozarbayjon tilida yaratdi. 1934, 1941-48 yillarda Hamza nomidagi teatrda Dezdemona (U. Shekspir, „Otello“), Xolisxon, Jamila (Hamza, „Xolisxon“, „Boy ila xizmatchi“), Shirmon (I. Sulton, „Burgutning parvozi“), Saodat (Komil Yashin va Amin Umariy „Hamza“) kabi yirik rollarni ijro etdi. „Sepsiz qiz“ (Aleksandr Ostrovskiy), „Alisher Navoiy“ (Uygʻun, I. Sulton), „Dengizdagilar sharafiga“ (Boris Lavrenev) spektakllariga rejissyorlik qilgan.
„Oʻlim qudugʻi“, „Uyqusiz tunlar“, „Mahallada duv-duv ran“ filmlarida oʻynagan. M. Shamxalovning „Qaynona“ komediyasini, M. Urdubodiyning „Kilich va qalam“ romanini oʻzbek tiliga tarji-ma qilgan. „Sahna nutqining ravon va aniq boʻlishida muhim shartlar“, „Oʻzbek sahna nutqining baʼzi texnik elementlari“ ilmiy-metodik ishlar, „Sanʼat — mening hayotim“ esdaliklari muallifi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |