Nelly Furtado
Nelly Kim Furtado (1978-yil 2-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, instrumentalchi, ovoz yozish prodyusseri va aktrisa. U indiya va portugal ildizlarga ega. Ohirgi paytlarda Timbaland bilan birga ishlamoqda.
Nelly Furtado | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Viktoriya, Britan Kolumbiyasi |
Mamlakat | Kanada |
Janr |
pop folk ritm and blues |
Leybl |
DreamWorks Geffen |
Vebsayt | www.nellyfurtado.com |
Nelli Furtado oʻzining birinchi jiddiy koʻrsatuvida 2001-yilda, 20 yoshga endi toʻlganida ishtirok etadi. U Krissi Haynd, Sara Maklaxlan va Bet Orton bilan birgalikda bisga Bob Dilanning „I Shall Be Released“ qoʻshigʻini ijro etganida hamma narsa rostdan ham sodir boʻlayotganiga ishonmasdi. „Bu tushga oʻxshar edi, men oʻzimdan soʻrar edim — bu profilar bilan bir sahnada men nima qilyapman?“, — aytib beradi Nelli. Nelli Kanadada, Viktoriya shaharchasida oʻsadi. Nellining ota-onasi Portugaliyadan chiqqan ishchilar sinfiga kirar edilar. Nelli hayotdagi birinchi qadamlarini tashlayotganida uning turli xil narsalarga qiziqishi va musiqaga boʻlgan muhabbati uning kelajagini belgilaydi. Nelli juda koʻp narsa bilan qiziqadi va koʻp narsaga ulguradi: u bir nechta musiqiy asboblarni chalishni biladi (gitara, gavayi gitarasi, trombon) va bir necha tillarda qoʻshiq kuylaydi (ingliz, portugal va hindi).
Uning birinchi albomi Nellining yana bir orzusi ushalganligini koʻrsatadi. 2000-yilning sentabrida DreamWorks Records tomonidan chiqarilgan „Whoa, Nelly!“ albomi Nelli tayyorlagan unikal tovushlar kokteylini koʻrsatadi. Hammasi Torontoda, yosh isteʼdodlar bellashuvidan boshlanadi, u yerda u oʻsha paytda superommaviy „The Philosopher Kings“'ning kanalik postanovkasi bilan shugʻullanayotgan oʻzining boʻlajak menejeri bilan uchrashadi. „Kings“ ustidagi ishining tugatuvidan soʻng Jerald Ayton va Brayan Uest Nellining demo-yozuvlarini produserlashga kirishadilar. Natija oʻzini uzoq kuttirmaydi, biroq qizning boshqa maqsadlari bor edi: avval Evropaga borib kelib, soʻng uyga — ijodiy asoslarni oʻrganish uchun qaytish. Menejerlar Nellini Torontoga studiyada ishni davom ettirish uchun taklif qiladilar.
U darrov rozi boʻladi va bir necha studiyaviy sessiyadan soʻng DreamWorks Records bilan shartnomaga olib kelgan yangi materialni yozadi. Klassik asboblarni chalib, Nelli progressiv musiqa uchun ham ochiq. U juda koʻp miqdorda musiqa eshitadi, uning didi rok-musiqaning klassikasidan, Simon & Garfunkel'ni oʻz ichiga olib, to zamonaviy ideyalar — Prodigy va Portishead'gacha qatlamni qamraydi. Bunday musiqiy ihtiyorlarning spektri uning oʻz musiqasining jarangiga hamda ijro etish yoʻnalishiga taʼsir etadi. Original musiqadan tashqari „Whoa, Nelly“ albomi ijobiy energiyaga ham ega. „Men muhabbatni sochmoqchiman. Men mening shoularimdan soʻng odamlar yigʻlashini istamayman, albatta bu yoshlar sevinch yoshlari boʻlmasa“, — deydi qoʻshiqchi.
2001-yil martda Nelli Juno Awards taqdimotining eng bosh gʻolibi boʻladi. Yosh qoʻshiqchi besh mukofotdan toʻrttasini oladi, shu jumladan „Eng yaxshi muallif“, „Yil yangiligi“ va „Iʼm Like A Bird“ uchun „Eng yaxshi qoʻshiq“ unvonlariga sazovor boʻladi. Keyingi oyda Nelli Canadian Radio Music Awardsʼda „Yil yangiligi“ va „Eng yaxshi qoʻshiqchi“ nominatsiyalarida gʻalaba qozonib ikki mukofotni qoʻlga kiritadi. Yozda qoʻshiqchi Portugaliya prezidenti Sampayo (Jorge Sampaio) oldida chiqadi. 2002-yilda Nelli Jurassic 5 guruhining „Power In Numbers“ nomli yangi albomida yoziladi va oʻzining ikkinchi albomini chiqishga tayyorlaydi.
2003-yil kuzida Nellida qiz tugʻiladi, uning ismini Nevis deb qoʻyishadi, oʻsha yilning noyabrida esa uning yangi „bolasi“ — „Folklore“ albomi paydo boʻladi. Albom nomini Nelli quyidagicha tushuntirdi: „Folklor — mening tushunchamda bu qandaydir sehrli va sirli narsa. Qandaydir oʻzining ildizlariga boʻlgan ishonch.Har bir insonning oʻzining hoh gʻamgin, hoh quvnoq folklori boʻladi“. Yangi albom uchun materialni Nelli oʻzining „Burn in the Spotlight“ masshtabli turnesi paytida yoza boshladi.
U deyarli tezda uning yangi materiali avvalgisidan sezilarli darajada farq qilishini angladi. „Menga tuyuldiki, men ulgʻaydim, — aytib beradi u intervyuda. — Birinchi albomda men shunchaki qoʻshiqlar yozayotgan oʻsmir-qizaloq edim. Va keyin — men ataylab birinchi albomni shunday tetik va pozitiv qildim, chunki menga tuyulardiki, men sahnaga chiqib ketma-ket gʻamgin qoʻshiqlarni kuylay olmayman. Men dunyoga shodlik ulashmoqchi edim. Hozir esa tushundimki, men ikkalovini ham uddalay olaman“. „Folklore“'ning yozilishida Nelliga juda koʻp mashhur musiqachilar yordam beradilar — Incubusʼning gitarachisi Mayk Aynsiger va Beckʼning baschisi Jastin Meldal-Jonsondan tortib, to afsonaviy braziliyalik pop-qoʻshiqchi Kaetano Veloso va undanda kam afsonaviy boʻlmagan The Kronos Quartetʼgacha.
„Folklore“'ga „Whoa, Nelly!“'ning hayratlanarli muvaffaqiyatini qaytara olmaydi va Nelli Furtado bir qancha vaqt davomida muhlislarning koʻzidan gʻoyib boʻlishni oʻziga ep koʻradi. 2005-yilning oʻrtalarida Nelli „Loose“ nomli yangi albomi ustida aktiv ish olib borayotgani haqida yangiliklar paydo boʻladi. Albom ustida ish dunyoning hilma xil burchaklarida olib boriladi, Braziliyadan tortib, to Los Anjelesgacha. Plastinka 2006-yilda dunyo yuzini koʻradi.
Diskografiya
tahrir- „Whoa, Nelly!“ (Hey, Nelli!) (2000)
- „Folklore“ (Folklor) (2003)
- „Loose“ (Qoʻyib yuborish) (2006)
- „Mi Plan“ (2009)
- „The Spirit Indestructible“ (2012)
Havolalar
tahrir- Nelli Furtadoning rasmiy sayti
- Nelli Furtado haqida fan-sayt (Wayback Machine saytida 2008-07-12 sanasida arxivlangan)(rus.)
- Nelli Furtado haqida (Wayback Machine saytida 2007-09-30 sanasida arxivlangan)(rus.)