Neman
Neman, Nemunas yoki Memel (litovcha: Nemunas; nemischa: Memel ; belaruscha: Нёман; ruscha: Неман) — Belarus, Litvadagi daryo (qisman Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati hududidan oqadi). Uzunligi 937 km, havzasining maydoni 98200 km². Minsk qirlarining jan.dan boshlanadi. Boltiq dengizining Kurshskiy qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Neman quyi qismida ikki tarmoqqa boʻlinadi: Rusne (asosiy) va Giliya. Neman havzasida kichik koʻllar koʻl. Krr, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi 678 m³/sek. Dekabrda muzlaydi. Mart oxirida, ayrim vaqtda fevral yoki aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: oʻngdan — Berezina, Myarkis, Nyaris, Nyavejis, Dubisa, Yura, Mi-niya; chapdan — Shchara, Shyashupe. Bir-shtonasdan quyilish joyigacha muntazam ravishda kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Nemanda Kaunas, Grodno, Druskininkay, Alitus, Prenay, Birshtonas, Yurbarkas kabi shaharlar joylashgan.[1]
Neman | |
---|---|
litovcha: Nemunas nemischa: Memel belaruscha: Нёман ruscha: Неман | |
Alitus shahri yaqinida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 937 |
Maydoni | 98 200 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Belarus, Litva va Rossiya |
Neman |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |