Nicola Jane Aiken (1969-yil 4-fevralda tugʻilgan) — Britaniya Konservativ partiyasi siyosatchisi, 2019-yildan boshlab London va Vestminster shaharlari parlamentida deputat boʻlib ishlagan. Aiken 2017-yil shuningdek, 2020-yillarda Vestminster shahar kengashi rahbari boʻlgan. 2024-yil fevral oyida Aiken keyingi umumiy saylovda qatnashmasligini eʼlon qilgan[1].

Tarjimayi holi

tahrir

Jane Aiken Uelsning Kardiff shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Jon va Pamela Durbinning qizi[2]. Aiken Radyr Keng Qamrovli Maktabida va Exeter universitetida oʻqigan shu bilan birga shu universitetni 1991-yilda sotsiologiya boʻyicha BA diplomi bilan bitirgan. Aiken 1997-yilda birinchi marta Londonga koʻchib oʻtdi. 2001-yildan 2009-yilgacha Bradford & Bingley plc kompaniyasida ommaviy aloqalar masalalari boʻyicha boshqaruvchi boʻldi. 2006-yilda Aiken Vestminster shahar kengashining konservativ maslahatchisi etib saylangan[3], shuningdek, Pimliko shahridagi Uorvik palatasining vakili boʻlgan. Aiken 2022-yilgi saylovda oʻz nomzodini qoʻymaguncha, maslahatchi sifatida qolavergan[4]. Aiken Kengashda turli lavozimlarni egallagan, shu jumladan, bolalar xizmatlari, jamoatchilikni himoya qilish va litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi aʼzosi, hamda 2017-yil yanvar oyidan 2020-yil yanvar oyigacha Kengash rahbari sifatida faoliyat olib borgan. 2015-yildan 2018-yilgacha Aiken Bolalar va oilaviy sudlar boʻyicha maslahatchi hamda qoʻllab-quvvatlash xizmati kengashining aʼzosi boʻlgan. Aiken Royal Parks kengashining ishonchli vakili (2017-2020-yillar oraligʻida) boʻlib ham faoliyat yuritgan. Aiken 2016-yilgi referendumda Yevropa Ittifoqida qolish uchun ovoz berdi. Keyinchalik, u Bosh vazir Boris Jonsonning Brexitda chiqish bitimini parlamentda maʼqulladi[5], 2020-yilda Ichki bozor toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ham qoʻllab-quvvatlagan[6].

Parlament aʼzoligi

tahrir

Jane Aiken 2019-yilgi umumiy saylovda London va Westminster shaharlaridagi Markaziy London kengashiuchun Konservativ partiya nomzodi boʻlgan. Aiken Parlament saylovida 3953 ta yaʼn 39,9% ovoz bilan saylangan. Aiken parlamentda 2020-yil sentyabrgacha Xotin-qizlar va Umumiy Tenglik qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan. Aiken 2020-yil oktyabr oyida xotin-qizlar uchun Konservativ partiyaning vitse-prezidenti etib tayinlandi. Shu bilan birga, Aiken Buyuk Britaniyaning Yevropadagi Kengashining delegatsiyasida ishtirok etadi va House of Commons Comission palatasining aʼzosi boʻlib xizmat qilgan. Aiken bolalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunlarni koʻpaytirish va ularni amalda tadbiq etishga harakat qildi[7]. 2021-yil iyun oyida Aiken Monken Hadley Umumiy Qonun Loyihasi qoʻmitasiga qoʻshildi[8]. Siyosiy faoliyatdan tashqari, Aiken Sprucespace mol-mulk boshqaruvidagi kompaniya direktori bolib ishagan. U Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar assotsiatsiyasida, OAV bilan aloqalar va inqirozli kommunikatsiyalar sohalarida faoliyat olib borgan[9][10].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Aiken Pimlicoda yigirma yildan ortiq vaqt davomida yashaydi va bundan oldin Barbican shahrida istiqomat qilgan[11][12]. Aiken oʻzining sevimli mashgʻulotlarini „sayr qilish“ deb taʼkidlaydi[13]. Jane Aiken 2000-yilda Aleksandr Styuartga turmushga chiqdi. 2013-yildan buyon Aleksandr Buyuk Britaniya hukumati uchun Vazirlar Mahkamasi binosida Hukumat Aloqalarining ijrochi direktori boʻlib ishlab kelmoqda. U 2024-yil fevral oyida UAE partiyasi uchun maslahatchi sifatida ishlash uchun Hukumat Aloqachisi vazifasidan isteʼfoga chiqdi[14]. 2000yildan 2012-yilgacha u Westminster shahar kengashida Aloqalar va Strategiya direktori boʻlgan, xotini esa bu kengashning aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan. Bundan oldin, Aleksandr Konservativ partiya uchun uning saylov kampaniyasi boʻlinmasi boshligʻi va matbuot idorasi raisi sifatida ishlagan[15]. Juftlikning bir oʻgʻli va bir qizi bor[13].

Manbalar

tahrir
  1. Cecil. „Top Tory Nickie Aiken to quit her London seat at general election as MPs exodus grows“ (en). Evening Standard (2024-yil 7-fevral). Qaraldi: 2024-yil 7-fevral.
  2. „DODS People“. DODS. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  3. „Local Election Results 2006 - Westminster“. Local Elections Archive Project. Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
  4. Teale. „Warwick Ward“. Local Elections Archive Project. Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  5. Neilan, Catherine. „Nickie Aiken: The country must move forward as one“. CityAM (2020-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 10-aprel.
  6. Clarke, Seán. „Ministers want powers to break international law: how did your MP vote?“. The Guardian (2020-yil 5-sentyabr).
  7. Bagot. „NHS may do new test on every baby after 'world's most expensive' drug approved“. mirror (2021-yil 8-iyun). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  8. „Parliamentary career for Nickie Aiken - MPs and Lords - UK Parliament“. members.parliament.uk. Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  9. „Register of interests for Councillor Nickie Aiken“. Westminster City Council (2019-yil 28-noyabr). 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
  10. „Register of Interests for Nickie Aiken - MPs and Lords“. UK Parliament.
  11. „Nickie Aiken MP – The Kerslake Commission“ (en-GB). Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  12. „Nickie Aiken: Change is coming to the Two Cities“. CityAM (2019-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  13. 13,0 13,1 Who's Who. Aiken, Nicola Jane, Oxford, 2021. DOI:10.1093/ww/9780199540884.013.U293065. ISBN 978-0-19-954088-4. Whoʻs Who (2021). Aiken, Nicola Jane. Oxford. doi:10.1093/ww/9780199540884.013.U293065. ISBN 978-0-19-954088-4.{{cite book}}: CS1 maint: location missing publisher (link)
  14. Johnston, John; Casalicchio, Emilio. „UK government comms chief quits to spin for Gulf petrostate“ (en). Politico (2024-yil 7-fevral). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
  15. „Executive Director, Government Communications Alex Aiken“. Gov.uk. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.