Nikolas Gonsales Iglesias (ispancha: Nicolás González Iglesias), Niko Gonsales sifatida ham mashhur (ispancha: Nico González) – ispaniyalik futbolchi, Premyer-liganing „Manchester City“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Nico González
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nicolás González Iglesias[1]
Tavallud sanasi 3-yanvar 2002-yil (2002-01-03) (23 yosh)
Tavallud joyi La-Korunya, Ispaniya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)[2]
Ampluasi yarimhimoyachi
Vazni 86 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2013 Montañeiros
2013—2020 Barselona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019–2022 Barcelona B 26 (0)
2021—2023 Barcelona 27 (2)
2022—2023   Valencia 26 (1)
2023—2025 Porto 42 (7)
2025— Manchester City 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Ispaniya U17 (3 (0))
2021— Ispaniya U21 (3 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Niko 2013-yildan beri „Barselona“ akademiyasida tarbiyalanadi. 2019-yil 19-may kuni u klubning ikkinchi jamoasi safida Segunda B doirasida Castellónga qarshi oʻyinda debyut qildi. Niko 2019/20-yilgi mavsumni „koʻk-anorranglilar“ning yoshlar jamoasida[3] oʻtkazdi va „Barselona B“ tarkibida birorta ham oʻyin oʻtkazmadi. Keyingi mavsumda u ikkinchi jamoaga koʻtarildi va uchinchi Ispaniya chempionatida 23ta oʻyinda ishtirok etdi. 2021/22-yilgi mavsumda yarim himoyachilar „Barselona“ning asosiy jamoasi mashgʻulotlari va oʻyinlariga jalb qilina boshladi. Nikoning „koʻk-qizillar“ safidagi rasmiy debyuti 2021-yilning 15-avgustida Ispaniya Primerasida „Real Sociedad“ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi: u Serxio Buskets oʻrniga 83-daqiqada maydonga tushdi, ammo bir daqiqadan soʻng sariq kartochka oldi. Niko oʻzining ilk golini 2021-yil 12-dekabr kuni "Osasuna "ga qarshi oʻyinda (2:2) uchrashuvning 12-daqiqasida Gavining uzatmasidan kiritib, oʻyinda hisobni ochgan edi. Keyingi turda, 18-dekabr kuni Niko Gonsales 85-daqiqada Gavi uzatmasidan yana gol urishga muvaffaq boʻlib, oʻz maydonida „Elche“ga qarshi oʻyinda (3:2) gʻalaba qozondi.

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

2018-2019-yillarda Niko Ispaniya yoshlar terma jamoasini (17 yoshgacha) himoya qildi va jami 7 ta uchrashuv oʻtkazdi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Nikoning otasi Fran González „Deportivo“ va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi. Amakisi Xose Ramon „Deportivo“ bilan bir qatorda yana bir qancha kamtarona jamoalarda ham futbol oʻynagan.

Yutuqlari

tahrir

Jamoaviy yutuqlar

tahrir

Porto

Portugaliya kubogi: 2023–24[4]

Supertaça Cândido de Oliveira: 2024[5]

Shaxsiy yutuqlar

tahrir

Primeira Liga oyining eng yaxshi yarim himoyachisi: 2024-yil dekabr[6]

Manbalar

tahrir
  1. Nico González WorldFootball.net saytida
  2. „Nico González“. FC Barcelona. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  3. Nico at players.fcbarcelona.com (Wayback Machine saytida 2021-08-15 sanasida arxivlangan)(ingl.)
  4. „Taça de Portugal. Sérgio Conceição é o terceiro treinador a vencer quatro finais“ [Portugal Cup. Sérgio Conceição is the third manager to win four finals] (pt). Rádio e Televisão de Portugal (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  5. „Porto pull off stunning comeback to beat Sporting in seven-goal Super Taça thriller“. PortuGOAL (2024-yil 4-avgust). Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
  6. „Nico é o Médio do Mês da Liga Portugal Betclic“ (pt). Liga Portugal (2025-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 15-yanvar.

Havolalar

tahrir