Nicole Stott
Nicole Marie Passonno Stott (1962-yil 19-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik muhandis va NASAning sobiq astronavti. U Xalqaro kosmik stansiyaning 20- hamda 21-ekspeditsiya loyihalarida bort muhandisi, shuningdek STS-128 va STS-133 parvozlarida missiya mutaxassisi sifatida ishlagan[2]. 27 yil davomida NASAda faoliyat olib borgan Stott 2015-yilning 1-iyuniga kelib, nafaqaga chiqqan[3]. U Mann orolida tugʻilgan asli amerikalik kosmik tadbirkor Christopher Stott bilan turmush qurgan.
Nicole Stott | |
---|---|
Tavalludi |
19-noyabr 1962-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kosmik karyera | |
Kosmosdagi vaqt |
103d 5h 49m[1] |
Tanlash | NASA Astronavti 18-guruh |
Missiyalar |
STS-128 STS-129 STS-133 |
Missiya belgisi |
Yoshlik yillari va taʼlimi
tahrirStott New-Yorkning Albany shahrida tugʻilgan va Floridaning St. Petersburg shahrida istiqomat qilgan. Nicole St. Petersburg kollejining aviatsiya boshqaruvi yoʻnalishida tahsil olgan, 1987-yilga kelib Embry-Riddle aviatsiya universitetida aviatsiya muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha bakalavr diplomini olgan. 1992-yilda esa Markaziy Florida universitetida muhandislik menejmenti mutaxassisligi boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan. Nicole Stott oʻz faoliyatini tashkiliy loyiha muhandisi sifatida 1987-yilda, Florida shtatining West Palm Beach shahridagi Pratt & Whitney Government Enginesda boshlagan. U Advanced Engines Group kompaniyasida bir yil davomida zamonaviy reaktiv samolyotlar dvigatellari ichki dizaynlarining tuzilishi boʻyicha tahliliy ishlarni olib borgan.
NASAdagi faoliyati
tahrir1988-yilda Stott Florida shtatidagi Kennedy kosmik markazida (KSC) NASA tarkibiga qoʻshilgan va Orbital apparatlarni qayta ishlash zavodida (OPF) loyiha muhandisi sifatida ishlay boshlagan. Olti oydan soʻng, u Shuttleni qayta ishlash direktori qoʻl ostidagi ikki kishilik jamoaga kiritilgan. Ushbu jamoaga Shuttleni qayta ishlash jarayonining qay darajada samarali kechayotganini baholash va takomillashtirilgandan keyingi natijalarni hisoblash vositalarini joriy etish vazifasi topshirilgan. U vaqtni aniq rejalashtirish vositalarini rivojlantirish boʻyicha Ames/KSC markazlari oʻrtasidagi qoʻshma dasturiy taʼminot loyihasining NASA KSC yetakchisi boʻlgan. Ushbu loyihaning texnologik namoyishi sifatida Yerdagi ishlov berish jarayonlarini rejalashtirish tizimi (GPSS) ishlab chiqilgan. GPSS loyihasi nafaqat KSCda, balki PeopleSoft dasturiy ta'minot moslamalari jamlanmasining tarkibiy qismi sifatida tijoriy jihatdan ham muvaffaqiyat qozongan. KSCda ishlash jarayonida Stott NASAning Shuttlega ishlov berish boʻlimida ham turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shu jumladan, transport vositalari bilan bog'liq loyihalar muhandisi; NASA fazoviy kemalarida kuzatuv qoʻmondoni; Space Shuttle Endeavourning ijrochi direktori yordamchisi hamda Kolumbiyaning orbital loyihalari muhandisi lavozimlarida ishlagan. KSCdagi faoliyatining soʻnggi ikki yilida Stott Kosmik stansiyaning tashqi apparatlari integratsiyasi idorasining aʼzosi boʻlgan va keyinchalik Kaliforniyaning Huntington-Beach shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda Nicole Stott Boeing kosmik stansiyasidagi qurilish ishlari nazoratidagi ISS yordamchi elementlar loyihasi rahbari sifatida ish olib borgan. 1998-yilda Nicole Texasning Hyuston shahridagi Johnson kosmik markazi (JSC) jamoasiga NASA samlyotlari bilan bog'liq loyihalar boʻlinmasi aʼzosi sifatida qoʻshilgan va u yerda Shuttle Training Aircraft (STA) da parvoz harakatlari muhandisi (FSE) boʻlib ishlagan.
2000-yilning iyul oyida NASA tomonidan missiya mutaxassisi sifatida tanlangan Stott 2000-yilning avgust oyida tashkil etiladigan nomzodlarni astronavtlikka tayyorlash bo'yicha hisobot topshirgan. Ikki yillik tayyorlov va baholash ishlaridan soʻng, Stott Astronavtlar idorasining stansiya loyihalari boʻlimida texnik vazifalarni bajargan. U, shuningdek, ISS 10-ekspeditsiyasi ekipajida yordamchi astronavt hamda CAPCOM vazifasini bajargan. 2006-yilning aprel oyida u NEEMO 9 missiyasining (NASA Extreme Environment Mission Operations) ekipaji aʼzosi boʻlib, u yerda Stott olti kishilik ekipaj bilan Aquarius suv osti dunyosi tadqiqot markazida 18 kun davomida yashagan va ishlagan[4]. Stott avvalroq 20- va 21-ekspeditsiyalarga tayinlangan. Shuningdek, Xalqaro kosmik stansiyaga STS-128 ekipaji bilan birga uchirilgan hamda ushbu missiya ishtirokidagi birinchi kosmik sayrda ishtirok etgan[5] va STS-129 da ortga qaytgan. Shu sababli u Yerga shuttle orqali qaytgan so'nggi expeditsiya ekipaji a'zosiga aylangan. Nicole Stott oʻzining ikkinchi kosmik parvozini STS-133 da yakunlagan. Shundan so'ng ushbu kosmik kema yana 2 marotaba parvoz qilgan va faoliyatini yakunlagan[6][7].
Kosmosdan dastlabki Twitterdagi jonli efir
tahrir2009-yilning 21-oktyabrda Stott va uning 21-ekspeditsiyadagi hamkasbi Jeff Williams bilan birga kosmik stansiyadan turib NASAning Washingtondagi shtab-kvartirasida toʻplangan jamoatchilik aʼzolari bilan Twitter orqali birinchi bor NASA tomonidan tashkil etilgan jonli efirda ishtirok etishgan[8]. Bu astronavtlar uchun birinchi jonli Twitter aloqasi hisoblangan[9]. Ilgari Kosmik kema yoki ISS bortidagi astronavtlar yuborishni istagan tvitlarini Missiya nazoratiga jo'natgan, keyin ular Internet orqali Twitterga joylashtirilib borilgan[10].
NASAdan keyingi davrlar
tahrirStott Girls Who Code haqidagi Super Bowl LIV reklamasida suratga tushgan[11]. Stott, shuningdek, „Back to Earth“ asarini yozgan. Asar „Koinotdagi hayot menga ona sayyoramiz va uni himoya qilish vazifasi haqida o'rgatgan narsalar“ so'zlari bilan ham taʼriflangan. Stott, shuningdek, rassom bo'lgan va ISS 21-ekspeditsiyaga kichik akvarel bo'yoqlar toʻplamini olib ketgan bo'lib, koinotda akvarel bilan rasm chizgan birinchi odam boʻlib tarixga kirgan. Uning hozirgi asarlari koʻpincha astronomiyaga oid bo'lib, jumladan, Yerni kuzatish asarlar to'plami va kosmik kemalar bo'yicha asarlar toʻplami o'z ichiga oladi[12][13]. 2022-yilda u Schenectady simfonik orkestri, Glen Cortese tomonidan ijro etilgan „Voyager: A Journey to the Stars“ asari ssenariysini ham Stott yozgan.[14].
Manbalar
tahrir- ↑ „Astronauts and Cosmonauts (sorted by "Time in Space")“. spacefacts.de (2012-yil 21-yanvar). 2012-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-yanvar.
- ↑ „Expedition 20“. NASA (2010-yil 23-oktyabr). 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ NASA (2015-yil 5-iyun). „Astronaut Nicole Stott Retires From NASA“. Press-reliz.
- ↑ „NASA's Undersea Crew is Heads Above Water“. NASA (2006). 2011-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ „STS-128 Mission Summary“. NASA (2009-yil avgust). 2012-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ NASA (2009-yil 3-mart). „NASA - NASA Announces Change for Return of Station Crew Members“. Press-reliz.
- ↑ Pearlman. „NASA shuffles shuttle schedule: Endeavour to fly after Discovery for final planned flight“. collectSPACE.com (2010-yil 26-aprel). Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ Cioffi. „NASA Live Tweetup Event with International Space Station“. Flickr. NASA (2009-yil 21-oktyabr). 2024-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ NASA (2009-yil 1-oktyabr). „NASA Hosts Long-Distance Tweetup with Astronauts on Space Station“. Press-reliz.
- ↑ Horowitz. „The great debate over Astro Mike's 'tweets from space'“. The Orlando Sentinel (2009-yil 22-may). 2009-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ Pearlman. „Astronaut Nicole Stott on 'making space' in Olay Super Bowl ad“. collectSPACE (2020-yil 30-yanvar). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ „Nicole Stott ~ The Artistic Astronaut“. theartisticastronaut. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ „Artist“. theartisticastronaut. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ Freedman, Geraldine. „Astronaut will narrate new piece at Schenectady Symphony concert“. The Daily Gazette (2022-yil 31-mart). 2024-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
Havolalar
tahrir- „NICOLE PASSONNO STOTT, NASA ASTRONAUT“. NASA (2015-yil iyun). Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
- Nicole Stott Twitter sahifasi
- Nicole Stott – Spacefacts biography
- Nicole Stott – Video-opinion (4:19) (NYT; April 26, 2020)