Nigar Rafibeyli
Nigar Khudadat qizi Rafibeyli (ozarbayjoncha: Nigar Xudadat qızı Rəfibəyli) (1913–1981, Boku) – ozarbayjon yozuvchisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi. Yozuvchi Anar Rzayevning onasi, taniqli yozuvchi va shoir Rasul Rzoning rafiqasi edi[1].
Nigar Rafibeyli | |
---|---|
House plate on a residence of Rza and Rafibeyli | |
Tavalludi |
23-iyun 1913-yil Ganja, Azerbaijan |
Vafoti |
9-iyul 1981-yil (68 yoshda) Baku, Azerbaijan |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va SSSR |
Bolalari | Anar Rzayev |
Yoshlik yillari
tahrirNigar Rafibeyli 1913-yil 23-iyunda Ganja shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi tibbiy jarroh boʻlgan. Otasi Khudadat Rafibeyli Yevropada tahsil olgan birinchi ozarbayjon jarrohi edi. 1919-yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati tomonidan Ganja hukumatiga rahbarlik qilishga taklif qilingan, biroq koʻp oʻtmay arman bolsheviklari tomonidan hibsga olingan va Nargin oroliga joʻnatilgan. Mahbuslik paytida bolsheviklar askarlari tomonidan qatl etilgan[2]. Nigar Rafibeyli Ganjadagi maktabni tugatib, tahsilni davom ettirish uchun Bokuga koʻchib oʻtdi. U yerda Pedagogika texnikumida tahsil olgan. Keyinchalik maktablarda dars bergan. Lekin qayerda ishlamasin, ijod qilishdan toʻxtamagan. Uning „Chadra“ deb nomlangan ilk sheʼri 1928-yilda "Dan ulduzi " jurnalida chop etilgan. 1930–1932-yillarda „Ozarbayjonfilm“ kinostudiyasida ishlagan.
Keyingi yillar
tahrirNigar Rafibeyli 1931-yilda „Azerneshr“ nashriyotida muharrir va tarjimon boʻlib ishlagan. Keyinchalik yozuvchi Moskva pedagogika universitetida oʻqishni davom ettirgan. U Moskvada tahsil olayotganida ilk sheʼrlar toʻplami chop etilgan. Birinchi kitob Bokuda nashr etilgan. 1937–1939-yillarda "Ushoqneshr" nashriyotida ishlagan. 1940-yildan boshlab Navoiy, Shiller, Pushkin, Lermontov, Shevchenko va boshqa xalqlarning mashhur shoir va yozuvchilarining koʻplab asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Ozarbayjon adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Nigar Rafibeyli Faxriy ordeni bilan taqdirlangan [2]. Uning koʻpgina asarlari romantizm, yurtga muhabbat, tabiathamda ona zaminga bagʻishlangan[3].
Nigar Rafibeyli 1981-yil 9-iyulda vafot etdi. Bokudagi koʻchalardan biriga adibaning nomi berilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Reminscences of Uzeyir Hajibeyov“. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Azerbaycan qadini – Nigar Rafibeyli“. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.
- ↑ „Selected novels of Nigar Rafibeyli“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.