Nikolay Baranov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Nikolay Andreyevich Baranov (ruscha: Николай Андреевич Баранов; 1893-yil 12-noyabr - 1945-yil 18-iyun) — Birinchi jahon urushi, Rossiyada fuqarolar urushi, Sovet-Polsha urushi va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943).
Nikolay Baranov | |||||
---|---|---|---|---|---|
Asl ismi | ruscha: Николай Андреевич Баранов | ||||
Tavalludi |
12-noyabr 1893-yil Moskva, Rossiya imperiyasi | ||||
Vafoti |
18-iyun 1945-yil (51 yoshda) Lvov, Ukraina SSR | ||||
Fuqaroligi | SSSR | ||||
Qoʻshin turlari | piyoda askarlar | ||||
Xizmatdagi yillari | 1914-1917, 1919-1924, 1941-1945-yillar | ||||
Unvoni | |||||
Jang/urush |
Birinchi jahon urushi Rossiyada fuqarolar urushi Sovet-Polsha urushi Ikkinchi jahon urushi | ||||
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrir1893-yil 12-noyabrda Moskvada xizmatchilar oilasida tugʻilgan. 1913-yilda 1-Moskva gʻaznachilik real maktabini bitirgan[1].
1913-yildan Rossiya imperatorlik armiyasida. 1915-yilda Moskvadagi Aleksandr harbiy bilim yurtini tugatgan. 25-Turkiston piyoda polkining tarkibida (Gʻarbiy fronti (Birinchi jahon urushi)) Birinchi jahon urushi qatnashchisi, shtabs-kapitan. 1917-yil yozidan u xizmatdan Moskvaga qaytdi. 1917-yil kuzidan boshlab, u Petrovskiy qishloq xoʻjaligi akademiyasida (hozirgi Moskvadagi Timiryazev qishloq xoʻjaligi akademiyasi) tahsil oldi[2].
1919-yil martdan Qizil Armiyada, Rossiyada fuqarolar urushi ishtirokchisi. Nikolay Baranov Janubiy frontda general Anton Denikin qoʻshinlariga qarshi janglarda qatnashgan. 1920-yil may oyidan — 12-piyoda diviziyasida brigada shtab boshligʻi. U Sovet-Polsha urushida va Ukrainadagi Petlyura qoʻshinlariga qarshi janglarda qatnashgan. 1922-1924 yillarda 1-alohida Turkiston otliq brigadasi shtab boshligʻi. 1924-yil avgustdan zaxirada[3].
Nikolay Baranov Namangan, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida yashagan. Qorakoʻl tayyorlash artelida buxgalter-hisobchi va Oʻzbekiston sanoat kengashining qurilish materiallari boʻyicha muhandis-maslahatchisi boʻlgan. 1941-yil iyul oyida Toshkent shahri Kuybishev tumani harbiy komissarligi tomonidan armiyaga chaqirilgan.
1941-yil avgust — oktyabr oylarida — 9-zaxira oʻqchilar polkining batalyon qoʻmondoni oʻrinbosari (Oʻrta Osiyo harbiy okrugi). 1941-yil oktyabrda Oʻrta Osiyoda tashkil etilgan 793-oʻqchilar polkining shtab boshligʻi etib tayinlandi. 1943-yil mart oyidan 793-oʻqchilar polkining shtab boshligʻi (Voronej fronti) sifatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil avgust oyidan 213-oʻqchilar diviziyasi (Stepnoy va 2-Ukraina frontlari) shtab tezkor boʻlinmasi boshligʻi. Dneprni kechib oʻtishda jonbozlik koʻrsatdi. 1943-yil 27-sentyabrga oʻtar kechasi, diviziya shtabi tezkor guruhi boshligʻi sifatida Dneprdan oʻtdi va polklarning Dneprovokamenka qishlogʻi (Verxedneprovskiy tumani, Dnepropetrovsk viloyati) yaqinidagi oʻng qirgʻoqda platsdarm yaratishi, kengaytirishi va ushlab turishi boʻyicha harakatlariga boshchilik qildi[4].
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26-oktyabrdagi farmoni bilan „Qism va birlashmalarni mohirlik bilan boshqarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, mayor Nikolay Baranov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yil 18-iyunda vafot etdi. Nikolay Baranov Lvovdagi (Ukraina SSR) Lichakovskiy qabristoniga dafn etilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Djuraev T. D. Vernie sini Rodini. — Tashkent, 1964. — S. 43.
- ↑ war-heroes.uz. „BARANOV NIKOLAY ANDREYEVICH“.
- ↑ Герои Советского Союза — узбекистанцы. (ru) Березняк Н.Г.: . Ташкент: Узбекистан.
- ↑ warheroes.ru. „Барановn Николай Андреевич“.
- ↑ Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.