Nikolay Ulyanov
Nikolay Fedorovich Ulyanov — rossiyalik arxitektor va texnolog-muhandis.
Biografiyasi
tahrirNikolay Fedorovich Ulyanov 1869-yilda Turkiston o‘lkasi rus maʼmuriyati taklifiga binoan Toshkent shahriga kelgan.
Bu yerda Ulyanov Buyuk Gertsog Nikolay Konstantinovich tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyiha asosida dasht cho‘llarini sug‘orish uchun Sirdaryodan kanal qurish ishini boshlagan.
1875-yilda muhandis Shavrov arxitektor Ulyanov loyihasi bo‘yicha Iosef-Georgiyevskiy ibodatxonasini qurgan. Ushbu ibodatxona Toshkentdagi boshqa ko‘plab go‘zal binolar singari o‘ziga xos uslubda qurilgan.
Qariyb 800 yaqin kishini sig‘dira oladigan ushbu ibodatxona uch pogʻonali pishiq g‘ishtdan qurilgan (hozirda bunday inshootlar odatda Turkiston uslubida qurilgan binolar sifatida tavsiflanadi). Cherkovda uch pogʻonali qoʻngʻiroq minora va oʻzbek ganch oʻymakorlari yasagan ganchli (xom alebastr oʻymakorligi) ikonostaz mavjud bo‘lgan. Ibodatxona gumbazi ostidagi qoliplar ham ganchdan ishlangan.
1883-yilda N.F.Ulyanov loyihasiga ko‘ra, Toshkent markazida jamoat bog‘i barpo etilgan, keyinchalik ushbu bog‘ Konstantinovskiy maydoni nomini olgan.
XIX asr oxiriga kelib, Toshkentdagi arxitektor uyi joylashgan koʻchalardan biri Ulyanovsk deb atala boshlagan. Mazkur uy bugungi kungacha saqlanib qolgan. Qizig‘i shundaki, XX asr boshlarida Toshkent orqali o‘tgan nomni o‘zgartirish to‘lqini Ulyanovskiy ko‘chasiga taʼsir ko‘rsatmagan.
Mamlakat mustaqillikka erishgach ushbu ko‘cha XV asrning mashhur xattoti, Movarounnahr hududida bir muddat yashagan Sulton Ali Mashxadiy sharafiga o‘zgartirilgan.
Nikolay Fedorovich Ulyanov Toshkentda vafot etgan va u shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Havolalar
tahrir- Алексей Филоненко. «Николай Фёдорович Ульянов». На сайте «Письма о Ташкенте». Опубликовано 12 марта 2007 года. (Оригинал в ЖЖ: http://old-benj.livejournal.com/367600.html)