Nikolaz Tskitishvili (gruzincha: ნიკოლოზ ცქიტიშვილი 1983-yil 14-aprel) — Gruziyalik professional basketbolchi. Basketbol boʻyicha Gruziya terma jamoasida oʻynagan. Faoliyati davomida u 12 mamlakatning (Gruziya, Sloveniya, Italiya, AQSH, Ispaniya, Gretsiya, Eron, Livan, BAA, Yaponiya, Bahrayn, Xitoy) 20 dan ortiq jamoalarida oʻynagan.

Nikolaz Tskitishvili
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 14-aprel 1983-yil (1983-04-14) (41 yosh)
Tbilisi
Boʻyi 6 ft 12 in (2.13 m)
Vazni 244 lb (111 kg)
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar
Oʻyindagi faoliyati 1997—hozirgacha
Pozitsiyasi Hujumchi
Faoliyat tarixi
1997-1999Kolkha
1999-2001KD Slovan
2002Benetton Treviso
2002-2004Denver Nuggets
2004Golden State Warriors
2005Minnesota Timberwolves
2005Phoenix Suns
2007Caja San Fernando
2007-2008Siviglia Wear Teramo
2008-2009Alta Gestión Fuenlabrada
2009Panionios
2009-2010Alta Gestión Fuenlabrada
2010-2011Lagun Aro GBC
2011-2012Mahram Tehran
2012Foolad Mahan Isfahan
2012-2013Champville
2013-2014Al Sharjah
2014-2015Champville
2015Link Tochigi Brex
2015-2016Champville
2016Chemidor Tehran
2016-2017Al Manama
2017Dinamo Tbilisi
2017-2018Byblos Club
2018BC Sukhumi
2019Beirut Club
2019Henan Golden Elephants
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash NBA.com saytida
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash Basketball-Reference.com saytida

Professional faolaiyati

tahrir

Tskitishvili professional faoliyatini Gruziyaning „Suxumi“ klubida boshlagan. Keyinroq Slovakiyaga koʻchib oʻtgan. 2002-yilning yanvar oyidan iyul oyigacha Italiyaning „Benetton“ jamoasida oʻynagan va klub bilan Italiya chempionligini qoʻlga kiritgan. Nikoloz oʻsha mavsumda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, har bir oʻyinda oʻrtacha 6,6 ochko toʻplagan.

NBAdagi dastlabki toʻrt mavsumida basketbolchi har bir oʻyinda oʻrtacha 2,9 ochko va 1,8 ribaund toʻplagan[1]. Nikolazning keyingi mavsumdagi omadsiz oʻyini faoliyatidagi eng yomon mavsumlardan biri boʻlgan.

Tskitishvilining NBAdagi soʻnggi oʻyini 2006-yil 30-may kuni Gʻarbiy konferentsiya finalining toʻrtinchi oʻyini boʻlgan. Ushbu oʻyinda uning jamoasi „Dallas Mavericks“ jamoasi ustidan 106-86 hisobida gʻalaba qozongan. Tskitishvili bir yarim daqiqa oʻynadi (oʻyinning eng oxirida Leandro Barbosa oʻrniga maydonga tushdi) va hech qanday natija qayd eta olmadi.

ESPN telekanali jurnalisti Bill Simmons Nikolozni „klublar tomonidan tanlangan eng yomon legioner“ deb atagan[2]. ESPN telekanalining yana bir muxbiri Devid Shoenfild esa Tskitishvilini oʻzining „100 ta eng yomon oʻyinchilar“ roʻyxatida 30-oʻringa qoʻygan[3]. Adam Reisinger gruziyalik basketbolchini NBA tarixidagi eng yomon beshinchi tanlov deb atagan[4]. NBAdagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan soʻng Tskitishvili Yevropaga qaytib kelgan. Yevropada u Italiya va Ispaniya klublarida oʻynagan hamda 2012-yilda Eronning „Mahram Tehron“ klubi tarkibida Eron chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u Eronning „Folad Mahan Isfahan“ klubida oʻynagan va dekabrda Livan chempionatiga oʻtgan. 2015-yil 25-sentyabrda Tskitishvili NBAning „Los-Anjeles Klippers“ klubi bilan shartnoma imzolagan, ammo chempionat boshlanishidan oldin jamoa uning xizmatlaridan bosh tortgan.

Manbalar

tahrir
  1. „NBA.com player profile“ (deadlink). NBA.com. 2013-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.
  2. „Welcome to the next decade of discontent“. ESPN.com. 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-may.
  3. „The 100 Worst Draft Picks Ever“. ESPN.com. 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.
  4. „They didn't win the lottery with these picks“. ESPN.com (2008-yil 26-iyun). 2015-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-sentyabr.