Nina Høiberg
Nina Hoiberg (1956-yil 17-fevralda tugʻilgan) — daniyalik ayol shaxmatchi. U xalqaro ayol ustasi (WIM) unvoniga ega. Nina shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Daniya chempionatining sakkiz karra gʻolibi hisoblanadi.
Nina Hoiberg | |
---|---|
Høiberg 1988-yilda | |
Mamlakat | Daniya |
Tugʻilishi |
17-fevral 1956-yil Denmark, Daniya |
Saravha | Ayol xalqaro usta (WIM) |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Hayoti
tahrirNina Hoiberg 1956-yil 17-fevralda Daniyaning Denmark shahrida tugʻilgan.
1970-yillarning oʻrtalaridan 1990-yillarning boshigacha Nina Hoiberg Daniyadagi yetakchi shaxmatchilardan biri boʻlib kelgan. U sakkiz marta Daniyada ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kirtigan, jumladan 1974, 1976, 1977, 1978, 1986, 1991, 1992 va 1993-yillardagi chempionatlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
Shaxmatdagi faoliyati
tahrirNina Hoiberg uch marta ayollar oʻrtasi oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionati hududlararo turnirlarida ishtirok etgan:
- 1985-yilda Jeleznovodskdagi hudulararo turnirda 9-taxtada oʻz oʻyinlarini namoyish etadi;[1]
- 1987-yilda Tuzla shahrida boʻlib oʻtgan hududlararo turnirda Zsuzsa Verőci bilan 6-7-oʻrinlarga daʼvogar boʻldi;[2]
- 1990-yilda Genting Highlandsda boʻlib oʻtgan hududlararo turnirda Nana Aleksandriya bilan 9-10-oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.[3]
Nina Hoiberg ayollar shaxmat olimpiadalarida Daniya terma jamoasi safida oʻynagan:[4]
- 1976-yilda Hayfa shahrida boʻlib oʻtgan 7-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtani egalladi (+3, =3, −6),
- 1978-yilda Buenos-Ayresdagi 8-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtani egalladi (+7, =6, −1),
- 1988-yilda Salonikidagi 28-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtani egalladi (+7, =4, −3),
- 1990-yilda Novi Sad shahridagi 29-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtani egalladi (+7, =6, −1),
- 1994-yilda Moskvadagi 31-shaxmat Olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxta egalladi (+7, =5, −2),
- 2002-yilda Bled shahridagi 35-shaxmat olimpiadasida (ayollar toifasi) birinchi taxtani egalladi (+2, =3, −4).
Nina Hoiberg Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida Daniya nufuzi uchun dona surgan:[5]
- 1992-yilda Debretsen shahrida boʻlib oʻtgan 1-jamoaviy shaxmat (ayollar toifasi) Yevropa chempionatida birinchi taxtani egalladi (+3, =0, −5),
- 2015-yilda Reykyavik shahrida shaxmat boʻyicha 11-jamoa (ayollar toifasi) Yevropa chempionatida birinchi taxtada oʻynadi (+2, =3, −3).
1985-yilda Nina Hoiberg FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.
Nina Hoiberg shaxmatning rapid yoʻnalishida ham bir qator musobaqalarda ishtirok etgan. Uning tezkor shaxmatdagi reyting balli 2171 ballga teng. lekin u shaxmatning blits yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etmagan va reyting balliga ham ega emas.
2022-yilda Nina Hoiberg ayrim muammolari sababli ham FIDE ning ELO diagrammasida keskin pasayishni namoyish etgan. Bu uning 2018-yildan buyon qayd etgan ikkinchi eng keskin pasayishi hisoblanadi. U asosiy oʻyinlarini oq donalarda amalga oshirgan va umumiy 103 ta gʻalabani aynan oq donada oʻynab qoʻlga kiritgan. Qora donalarda esa uning gʻalabalri soni 89taga teng. Shuningdek, uning oq donadagi magʻlubiyati ham qoralarnikiga nisbatan ancha kam, mos ravishda 67ga 83 tani tashkil etadi. Bu esa Nina uchun oq donalar omadli ekanligini koʻrsatadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „1985 Zeleznovodsk Interzonal Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ „1987 Tuzla Interzonal Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ „1990 Genting Interzonal Tournament : World Chess Championship (women)“. www.mark-weeks.com.
- ↑ Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Nina Høiberg“. www.olimpbase.org.
- ↑ Bartelski. „OlimpBase :: European Women's Team Chess Championship :: Nina Høiberg“. www.olimpbase.org.