Nina Nikolayevna Yudenich (belaruscha: Ніна Мікалаеўна Юдзеніч, 1924-yil 22-dekabrda Toshkentda tugʻilgan, 2010-yil 22-yanvarda vafot etgan[1]) – belarus musiqashunosi, oʻqituvchi. Sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (1954).

Nina Nikolayevna Yudenich
Tavalludi 1924-yil 22-dekabr
Toshkent
Vafoti 2010-yil 22-yanvar
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Belarus
Sohasi musiqashunoslik, pedagogika
Ish joylari Oʻzbekiston konservatoriyasi Belarus davlat musiqa akademiyasi
Taʼlimi N. A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg konservatoriyasi

Hayoti

tahrir

Nina Yudenich 1924-yil 22-dekabrda Toshkentda tugʻilgan. 1944-yili Leningrad musiqa kollejini, 1949-yilda Leningrad konservatoriyasini (X. S. Kushnarev sinfi) oʻqib tugatgan. 1950–1951-yillarda Toshkent konservatoriyasida sovet musiqasi va folklor tarixidan dars bergan. 1951–1954-yillarda Leningrad teatr va musiqa ilmiy-tadqiqot institutining aspiranturasida tahsil olgan. U „Rossiya qahramonlik inqilobiy qoʻshigʻi va uning sovet musiqasida anʼanalari“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan (1954).

1954-yildan boshlab Toshkent konservatoriyasi musiqa nazariyasi kafedrasida dars bergan. Shu yilning oʻzida sanʼatshunoslik fanlari nomzodi boʻladi. 1964-yildan esa dotsent boʻlgan. 1961-yilda Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi musiqashunoslik seksiyasi aʼzosi boʻlgan[1].

Nina Nikolayevna 1965–2001-yillarda Belorussiya konservatoriyasida musiqiy asarlar tahlili, musiqiy asarlar tahlilini oʻrgatish metodikasi, musiqiy nazariy tizimlar tarixi va garmoniya fanlaridan dars bergan. 1995-yildan esa professor ilmiy darajasini olgan. BSSR Bastakorlar uyushmasining musiqashunoslik boʻlimi aʼzosi boʻ[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Nina Yudenich birinchi navbatda xorijiy, rus va zamonaviy musiqa klassiklari asarlaridagi tabiiy uygʻunlik, janr va shakl muammolariga bagʻishlangan ilmiy ishlar yozgan. Belarus musiqa madaniyatiga oid, shu jumladan Belarus kompozitorlari va musiqashunoslari L. Abelovich, G. Gorelova, V. Doroxin, L. Zaxlevniy, L. Muxarinskaya, V. Serix, E. Tyrmand, L. Shleg va boshqalarga[2] bagʻishlab ilmiy maqolalar yozgan.

Monografiyalari

tahrir

Uning 1966-yili „Tabiiy uygʻunlik haqida“, 1976-yili esa „Musiqiy sanʼat boʻyicha maqolalar“ mavzusida monografiyalari nashrdan chiqqan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Silneyshaya duxom: Nina Nikolaevna Yudenich[sayt ishlamaydi]
  2. БелЭн 2004.

Adabiyotlar

tahrir
  • Lyashchenya T. S. Yudzenіch Nіna Mіkalaeoʻna // Belaruskaya ensiklapediya (belor.). – Mn.: BelEn, 2004. – T. 18. – 472 b. – <nowiki>ISBN 985-11-0295-4.

Havolalar

tahrir