Nita Barrow

Barbadosning birinchi ayol General-gubernatori

Dame Ruth Nita Barrow (1916-yil 15-noyabr – 1995-yil 19-dekabr)[1] – Barbadosning birinchi ayol General-gubernatori[2]. Barbadoslik hamshira va sogʻliqni saqlash xodimi. 1990-yil 6-iyundan 1995-yil 19-dekabrda vafot etgunga qadar Barbadosning beshinchi General-gubernatori lavozimida ishlagan[3]. Barbadosning birinchi bosh vaziri Errol Barrowning opasi.

Nita Barrow
Barbados Respublikasining beshinchi General–gubernatori
Mansab davri
6–iyun 1990–yil – 19–dekabr 1995–yil
Bosh vazir Lloyd Erskine Sandiford
Owen Arthur
Oʻtmishdoshi Hugh Springer
Vorisi Clifford Husbands
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-noyabr 1916-yil
Sent–Lyusi, Barbados
Vafoti 19-dekabr 1995-yil(1995-12-19)
(79 yoshda)
Bridgetown, Barbados
Taʼlim Toronto universiteti
Mukofotlari Most Distinguished Order of Saint Michael and Saint George
Knight or Dame of St Andrew

Hayoti

tahrir

Ruth Nita Barrow Barbadosda hurmatga sazovor anglikan ruhoniysi Reverend Reginald Grant Borrow va Ruth Alberta Borrow xonim xonadonida dunyoga kelgan[4]. Oilada besh farzandning (ular orasida Sybil Barrow, Ena Comma va Errol Barrow bor edi) ikkinchisi[5][6]. Hamshira, akusher va sogʻliqni saqlash maʼmuri. 1940–1950-yillarda Barbados va Yamaykada hamshira sifatida hamda sogʻliqni saqlash va davlat boshqaruvida turli vazifalarda faoliyat olib borgan[5][7].

Taʼlimi

tahrir

Dastlab hamshiralik faoliyatini amakisi va otasining koʻmagida boshlagan. Boshlangʻich taʼlimni Barbados umumiy kasalxonasida tugatgan[8]. Keyin Trinidaddagi Port of Spain umumiy kasalxonasida akusherlik bilan shugʻullanishni boshlagan[8].

Barrow Kolumbiya universiteti (Nyu–York), Toronto universiteti (Kanada) va Edinburg universiteti (Shotlandiya)da hamshiralik ishi boʻyicha tahsil olgan[8]. Keyinchalik, 1951–1952-yillarda Edinburg universitetining Royal hamshiralik kollejida va 1962–1963-yillarda Kolumbiya universitetida oʻqishni davom ettirgan[9][10].

Davlat xizmatchisi sifatida 1945–1950-yillarda Yamaykada joylashgan West India jamoat salomatligi maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1954-yilda Universitet Kolleji kasalxonasining bosh hamshirasi lavozimida faoliyat yuritgan. 1956-yilda Yamaykada bosh hamshira etib tayinlangan[9][10].

West India maktabining mintaqaviy kengayishidan soʻng, Nita Borrow Karib dengizi Ittifoqida hamshiralik tadqiqot loyihasi direktori etib tayinlangan. Bu hamshiralar malakasini oshishiga va West India universitetida ilgʻor hamshiralik dasturining boshlanishiga sabab boʻlgan[11].

Faoliyati

tahrir

Barrowning faoliyati 1964-yilda maslahatchi hamshira sifatida boshlangan. 1975-yilda Jahon cherkovlari kengashi (WCC) Xristian tibbiy komissiyasining direktori hamda Butunjahon yosh xristian ayollar assotsiatsiyasi (YWCA) prezidenti (1975–1983) boʻlgan[11][12]. 1982-yildan 1990-yilgacha Xalqaro kattalar taʼlimi kengashi (ICAE) prezidenti; 1983-yilda Nairobida (Keniya) Nodavlat tashkilot (NNT) forumining konventori boʻlgan[11]. 1985-yilda Nairobi Butunjahon ayollar konferensiyasida NNT forumining raisi sifatida ishtirok etgan[13].

1986-yilda Commonwealth Group of Eminent Persons aʼzosi sifatida Janubiy Afrikaga tashrif buyurgan. Topshiriq davomida u Aleksandra shaharchasining taqiqlangan hududiga kirib, Janubiy Afrikaning harbiy cheklovlarini muvaffaqiyatli bartaraf etgan[14].

1980-yilda Barrow Barbadosdagi eng yuqori darajali unvon — „Knight or Dame of St Andrew“ ordeni – bilan taqdirlangan[15]. Shuningdek, Royal hamshiralik Kollejining faxriy stipendiyasi bilan mukofotlangan[16].

Barrow insult oqibatida olamdan oʻtgan. Vafotidan soʻng singillari Sybil Barrow va Ena Comma qolgan[6].

Merosi

tahrir

Errol & Nita Barrow Taʼlim Fondi mablagʻ toʻplaydi va oʻqishni davom ettirishi uchun Bajans va Karib dengizi Ittifoqi fuqarolarini moddiy ragʻbatlantiradi. Ushbu tashabbus Barbados va Karib havzasini yana-da rivojlantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan[17].

Xalqaro kattalar taʼlimi kengashi (ICAE) ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga katta hissa qoʻshgan mahalliy va xalqaro taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlovchi Dame Nita Barrow mukofotini taʼsis etgan[8].

Nita Barrow Toʻplami – hayoti va faoliyat davrlari toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻplami – UNESCOning jahon hujjatli merosi roʻyxatiga kiritilgan[18].

Lavozimlari

tahrir

Mukofotlari

tahrir
  • Huquq fanlari doktori, West India universiteti (1975-yil)
  • Royal hamshiralik kollejining faxriy aʼzosi (1980-yil)
  • Qirolicha Elizabeth II ning buyrugʻi bilan „Knight or Dame of St Andrew“ ordeni (1980-yil)
  • Fan doktori, McMaster universiteti, Kanada (1982-yil)
  • Gamaliel kafedra oʻqituvchisi, Wisconsin–Milwaukee universiteti, AQSh (1983-yil)
  • „Spirit of Caribbean“ mukofoti, Karib dengizi resurslari jamgʻarmasi (1984-yil)
  • „Caribbean Prize for Peace through the Struggle for Justice“ mukofoti, Karib dengizi Cherkovlar kengashi (1986-yil)
  • „Yilning eng yaxshi fuqarosi“ mukofoti, Barbadosning Kiwanis klubi (1986-yil)
  • CARICOM Ayollar mukofoti (1987-yil)
  • Huquq fanlari doktori, Toronto universiteti, Kanada (1987-yil)
  • Fan doktori, Morris Brown universiteti, AQSh (1987-yil)
  • Gumanitar fanlar doktori, Mount Saint Vincent universiteti, Kanada (1988-yil)
  • Yuridik fanlar doktori, Winnipeg universiteti, Kanada (1988-yil)
  • Prezident medali, Brooklyn kolleji, AQSh (1988-yil)
  • Huquq fanlari faxriy doktori, Spelman kolleji, AQSh (1988-yil)
  • Christiane Reimann mukofoti, Xalqaro hamshiralar kengashi, Jeneva, Shveysariya (1989-yil)
  • Huquq fanlari faxriy doktori, Queens universiteti, Kanada
  • Adabiyot faxriy doktori, Wilfrid Laurier universiteti

Yana qarang

tahrir
  • Memory of the World Register – Lotin amerikasi va Karib dengizi
  • Amerika mamlakatlarida siyosiy lavozimlarga ega boʻlgan birinchi ayollar roʻyxati

Manbalar

tahrir
  1. Morgan, Peter. Dame Ruth Nita Barrow: Nurse to the world. The Guardian (1995-yil 22-dekabr), s. 14.
  2. COLLECTIONS & LIBRARIES: Their Excellencies, Cave Hill Campus Library, University of the West Indies.
  3. Carrington, Sean. A~Z of Barbados Heritage. Macmillan Caribbean Publishers Limited, 2007 — 20–21-bet. ISBN 978-0-333-92068-8. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Broome, Roderick J. (February 28, 1996). „Dame Nita Barrow: An authentic heroine in Caribbean womanhood“. Everybody's (inglizcha). 20-jild, № 1. Brooklyn. 16-bet. ProQuest 200709411.
  5. 5,0 5,1 Woodie Blackman, „Obituary: Dame Nita Barrow“, The Independent, 22 December 1995.
  6. 6,0 6,1 „Dame Ruth Nita Barrow, Ex-Barbados Governor General, 79“. The New York Times (1995-yil 22-dekabr).
  7. „Dame Nita Barrow“ (Wayback Machine saytida 2015-01-13 sanasida arxivlangan), Ciwil.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „Adult Learning Unleashed“.
  9. 9,0 9,1 Morgan, Peter. Nurse to the world. The Guardian (1995-yil 22-dekabr), s. 14.
  10. 10,0 10,1 Dame Nita Barrow. The Daily Telegraph (1995-yil 27-dekabr), s. 27.
  11. 11,0 11,1 11,2 „Obituary“. Independent.co.uk (2011-yil 23-oktyabr).
  12. „Ruth Nita Barrow“.
  13. Fraser. „UN Decade for Women: The Power of Words and Organizations“. Women and Social Movements, International. Alexander Street Press, LLC (2013). 2013-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-may.
  14. Carrington (2003).
  15. Nita Barrow; Barbado's First Woman Named Head of State. Los Angeles Times. Associated Press (1995-yil 22-dekabr), s. B12.
  16. „Nita Barrow (15th Nov 1916-19th Dec 1995)“. National Institute of Higher Education, Research, Science and Technology.
  17. „Welcome“ (en-US). Website of errolandnitabarroweducati!. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  18. „Nita Barrow Collection | United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization“ (en). unesco.org. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.

Adabiyotlar

tahrir
  1. Blackman, Francis Woodie. Dame Nita: Caribbean Woman, World Citizen. Kingston, Jamaica: Ian Randle Publishers, 1985.

Havolalar

tahrir