Nodira Saidaxmedova
Nodira Ilxomovna Saidaxmedova (1974-yil 29-noyabr, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Nodira Saidaxmedova | |
---|---|
Tavalludi |
29-noyabr 1974-yil Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirNodira Saidaxmedova 1974-yil 29-noyabr Jizzax shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan[1]. 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan[2], 2009—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. 1996—2022-yillarda Jizzax politexnika institutida assistent oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, dekan, 2007—2011-yillarda Jizzax tumani ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida „Taʼlim menejmenti“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir2006-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida „Isteʼmol tovarlari marketingi tizimida tovar siyosatini shakllanishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2020-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida „Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning nazariy jihatlari va ustuvor yoʻnalishlari“ mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qildi[1]. 150 dan ortiq ilmiy maqola, 20 dan ortiq oʻquv adabiyotlar, 4 ta monografiya, 3 ta patent guvohnomasi muallifi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan[1].