Noib
Noib (arabcha — oʻrinbosar, yordamchi) — oʻrta asrlarda musulmon davlatlarida tobe oʻlka yoki viloyat hokimi. Noiblar, odatda, oliy hukmdorning oʻrinbosari hisoblangan.
Oltin Oʻrdada noib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi (Masalan, Xorazmda).
- Muhammad Xorazmshoh toʻngʻich farzandi Jaloliddin Manguberdiga Gʻazni, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindavor hamda qoʻshni Hind yerlarini boshqarishga bergan, biroq Jaloliddinni Urganchdan uzoqlashtirmaslik maqsadida Quzbar Malikni nomi zikr etilgan mamlakatlarga shahzodaning noiblari etib yuborgan.
- Amir Temur saltanatida sohibqironning farzandlari, nevaralari, yaqin safdoshlari turli oʻlka va viloyatlarga noib etib tayinlangan. Noib unga ishonib topshirilgan hududning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy holati uchun masʼul hisoblangan.
- Ozarbayjonda Oktabr inqilobidan (1917) oldingi mahallalar (magallar) boshligʻi.
- Usmonli turklar sultonligida qozi va mulla oʻrinbosari.
- XX asrda noib atamasi Eron va Afgʻonistonda turli harbiy unvonlarni anglatgan (Masalan, "noy-yebe avval" — katta leytenant, "noyebe sarhang" — podpolkovnik)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |