Noriaki Kasai

Yaponiyalik chang'idan sakrashchi, murabbiy

Noriaki Kasai (yaponcha: 葛西 紀明 Kasai Noriaki?) — 1972-yil 6-iyunda tugʻilgan yaponiyalik changʻidan sakrash yoʻnalishidagi sportchi. Uning faoliyatidagi yutuqlari orasida 1992-yil changʻida uchish boʻyicha jahon chempionatida oltin medal, 1999-yilgi Shimoliy turnirida gʻalaba qozonish, 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida shaxsiy kumush medal va 2003-yilda changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida ikkita shaxsiy bronza medali bor.

Noriaki Kasai
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Yaponiya
Tavallud sanasi 6-iyun 1972-yil (1972-06-06) (52 yosh)
Shimokawa, Hokkaido, Yaponiya[1]
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)
Klubi Tsuchiya Home Ski Team

Faoliyati davomida Kasai changʻida sakrash boʻyicha koʻplab rekordlarni yangilagan. 2016-yilda nafaqat changʻidan sakrash boʻyicha, balki Xalqaro changʻi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Jahon kubogining barcha yoʻnalishlarida eng koʻp yakkalik Jahon kubogi startlari uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan ikkita sertifikat bilan taqdirlangan. Jahon kubogi darajasida Kasai 1988—1989-yil va 2019—2020-yillar oraligʻida 31 mavsum davomida faol ishtirok etgan[2].

Faoliyati

tahrir

1988-yil: Jahon chempionati debyuti

tahrir

Kasai 1988-yil 17-dekabrda Yaponiyaning Sapporo shahrida 16 yoshida jahon chempionatida debyut qilgan va 31-oʻrinni egallagan. Bir yil oʻtgach, Finlandiyaning Lahti shahrida oʻzining birinchi Shimoliy jahon chempionatida qatnashgan[3].

1992-yil: Jahon chempioni

tahrir

Noriaki 1992-yilda Chexoslovakiyaning Xarraxov shahrida boʻlib oʻtgan XCHF changʻi uchish boʻyicha Jahon chempionatida birinchi va hozirgi kungacha yagona yirik chempionlikni qoʻlga kiritgan. Kuchli shamol va Kristof Daffnerning halokatidan keyin bekor qilingan musobaqaning ikkinchi kunidan soʻng gʻalaba qozongan. Oʻsha paytda u oʻzining gʻayrioddiy uslubi bilan tanilgan dunyoning eng zoʻr changʻichilaridan biri boʻlib, gavdasini changʻi orasida deyarli tekis ushlab turara olgan[4].

1994-yil: Olimpiya terma jamoasi medali

tahrir

1994-yilda u Yaponiya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, Lillexammerda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida katta tepalik jamoaviy bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritgan va yakka tartibdagi katta tepalikda beshinchi oʻrinni egallagan[5]. Yelkasi singanidan keyin 1994—1995-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborgan[6].

Turnirning asosiy natijalari

tahrir

Olimpiada

tahrir
Yil Joy NH LH LH jamoaviy
1992-yil   Albertvil 31 26 4
1994-yil   Lillehammer 5 14  
1998-yil  Nagano 7
2002-yil   Solt-Leyk Siti 49 41
2006-yil   Turin 20 12 6
2010-yil   Vankuver 17 8 5
2014-yil   Sochi 8    
2018-yil   Pxyonchxan 21 33 6

Shaxsiy hayoti

tahrir

2016-yil 30-yanvarda uning rafiqasi Rino ismli qizini dunyoga keltirgan[7][8].

Manbalar

tahrir
  1. „Noriaki Kasai – Player Profile – Ski Jumping“ (inglizcha). Eurosport. Qaraldi: 29-mart 2021-yil.
  2. „Kasai places sixth in 500th World Cup event“. The Japan Times (18-mart 2016-yil). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2017-yil.
  3. „SKI FLYING INDIVIDUAL – PLANICA, 17–20 MARCH 2016“. fis-ski.com. 2017-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2017-yil.
  4. R. K. „500? Lepo, toda 6 je moja srečna številka. Grem na 600!“ (slovencha). RTV Slovenija (10-mart 2016-yil). Qaraldi: 10-fevral 2019-yil.
  5. „Soczi 2014: Noriaki Kasai wyskakał srebro dla chorej siostry“ (polyakcha). PolskieRadio.pl (16-fevral 2014-yil). Qaraldi: 2019-yil 10-fevral.
  6. „Kasai places sixth in 500th World Cup event“. The Japan Times (18-mart 2016-yil). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2017-yil.
  7. „Noriaki Kasai został ojcem!“ (polyakcha). skijumping.pl (31-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 11-fevral 2019-yil.
  8. Da. B. „Noriaki Kasai postal očka“ (slovencha). zurnal24.si (2-fevral 2016-yil). Qaraldi: 11-fevral 2019-yil.