Normandiya orollari
Normandiya orollari - La Mansh boʻgʻozidagi bir guruh orollar, Normandiya sohillari yaqinida, Buyuk Britaniya tarkibida. Maydoni 196 km². Ikkita yirik (Gernsi va Jersi) va bir qancha mayda orollardan iborat. Granit va gneyslardan tarkib topgan. Eng baland joyi 148 m. Iqlimi moʻʼta-dil iqlim. Baliq ovlash, gulchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Iqlim kurortlari bor. Sent-Xeliyer porti — yirik moliyaviy markaz.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |