Nosir Maxmudov
Nosir Maxmudovich Maxmudov (1950-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor.
Nosir Maxmudov | |
---|---|
Tavalludi |
1950-yil Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Taʼlimi | Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti |
Ilmiy darajasi | iqtisod fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirNosir Maxmudov 1950-yilda tugʻilgan. 1968—1973-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi, 1973—1974-yillarda Margʻilon toʻqimachilik texnikumi oʻqituvchisi, 1974—1975-yillarda Buxoro paxta kombinati katta iqtisodchisi, 1975—1977-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti izlanuvchi-tadqiqotchisi, 1977—1980-yillarda Kiyev xalq xoʻjaligi instituti aspiranti, 1980—1984-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasi assistenti, 1984—1986-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasi katta oʻkituvchisi, 1986-1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasi dotsenti, 1991—1993-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti, 1993—1995-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengash kotibi, 1995—1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy iqtisodiy axborotlar markazi boshligʻi, 1996—1998-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bojxona ishi kafedrasi mudiri, 1998—2001-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura dekani, 2001—2003-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari boʻyicha prorektori, 2003—2005-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura dekani, 2005—2006-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiy informatika kafedrasi mudiri, 2006—2010-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2010—2011-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2011—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri, 2012—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2012—2020-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi professori, 2020—2021-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish kafedrasi professori sifatida ishlagan. 2021-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir80 dan ortiq ilmiy ishlar, shundan 7 tasi oʻquv qoʻllanma va ilmiy monografiya hamda risolalar muallifi boʻlib, ular asosan Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashtirish, sanoat sohalarini boshqaruv tizimining iqtisodiy tadqiqoti, paxta va yengil sanoat korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyalari tadqiqoti, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va boshqa ijtimoiy dolzarb muammolarga bagʻishlangan[1].