Elyor Nosirov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Elyor Rasulovich Nosirov (1953-yil 22-sentabr, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2003).
Hayoti
tahrir1974-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan. 1974-1987-yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida aktyor sifatida faoliyat olib borgan. Shufterle (Shiller, „Qaroqchilar“) sahnadagi ilk obrazi. Nodir (E. Vohidov, „Oltin devor“), Ilhom (U. Umarbekov, „Shoshma quyosh“), Rahmatilla (Uygʻun, „Ibn Sino“), Iskandar (Navoiy, „Iskandar“), Otello (U. Shekspir, „Otello“), Qoriishkamba (S. Ayniy, „Buxoro“), Mehmonxoʻjayev (R. Bobojon, „Togʻa-jiyanlar“) va boshqa rollarni ijro etgan. Nosirov televizion va videofilmlar, telepostanovkalarda ham rollar ijro etgan („Qirolning dil xushi“, „Vafodor“, „Bahs“, „Bir fojia izidan“, „U Romeo emas“, „Soʻnggi oʻq“, „Xolisxon“, „Koʻngil koʻchalari“, „Neyron operatsiyasi“, „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“ va boshqalar). Nosirov dublyaj sanʼatining yetakchi aktyorlaridan.[1][2]
Filmografiyasi
tahrirYil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2006 | Haqiqiy erkaklar ovi | Ichki ishlar vazirligi xodimi | |
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |