Novda (cormus) — yuksak oʻsimliklardaraxt va butalarning asosiy organlaridan biri. Poya, undagi barg va kurtaklardan iborat. N. ildiz sistemasi bilan birgalikda qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, ochiq urugʻli va yopiq urugʻli oʻsimliklarning tanasini tashkil qilib, novdali oʻsimliklar (kormofitlar) deb nomlanadi. Bir yillik oʻsimliklar N.si faqat bir mavsum, koʻp yilliklari esa har xil yashaydi va har yili kurtaklardan yangi N. oʻsib chiqadi. Ortotrop (tik oʻsadigan) va, baʼzan plagiotrop (yotiq oʻsa-digan) N.lar farq qilinadi. Koʻpchilik oʻsimliklarda N. yoki uning bir qismi koʻrinishi oʻzgarib (metamorfozga uchrab) tikanga (doʻlanada), tuganakka (kartoshkada), gajakka (tokda) aylangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil