Nuqtali vergul
(Nuqtali Verguldan yoʻnaltirildi)
Nuqtali vergul — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (;). Oʻzbekcha matnlarda 19-asr oxirlaridan qoʻllana boshlagan. Hozirgi oʻzbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:
- bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibida maʼno jihatdan bir-biriga yaqin boʻlmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi);
- gapdagi uyushiq boʻlaklar murakkab boʻlib, ular maʼlum guruhlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bogʻimizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va oʻqituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi);
- yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dare jad-valini tuzish; b) oʻqituvchilarni orox, lantirish; v) grafikka rioya qilish va boshqalar);
- murakkab (aralash) qoʻshma gaplar orasida (Yer koʻkarmas, el yashna-mas, boʻlmasa koʻk tomchisi; Qaydan olein sheʼrni shoir, boʻlmasa ilhomchisi (A. Toʻqay).
Nuqtali vergul | |
---|---|
Unicode ichida | U+003B |
UTF-16 | 0x3B |
URL-kod | %3B |
Yana qara | |
Ikki nuqta |
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |