Abdulla Toʻqay
Abdulloh Toʻqay (tatarcha: Габдулла Тукай, Ğabdulla Tuqay, عبدالله توقاي taxallusi; asl ismi Toʻqayev Abdulloh Muhammadorifovich) (1886.14.4, Qozon gubernyasi Qushlovich qishlogʻi (Archa tumani) — 1913.2.4, Qozon) — tatar shoiri, publitsist. 1902-yildan sheʼrlar yoza boshlagan. 1905-yil harf teruvchi boʻlib ishlagan. „Fiker“ (Fikr) gaz. va „Al-asr al-jadid“ („Yangi asr“) jur.ga sheʼr, feleton va publitsistik maqolalar yozib turgan. Abdulloh Toʻqay 1907-yil G. Kamolov bilan hamkorlikda „Yashen“ satirik jurnali chiqaradi. 1910-yil „Yalt-yolt“ jur.da ishlaydi. Tatar xalqining ozodlik uchun kurashi „Ozodlik haqida“, „Tekinxoʻrlarga“, „Dunyo bu“, „Ketmay-miz“, „Tovush“, „Turmush“ kabi sheʼrlari, „Mahoraba va davlat dumasi“ maqolasi va boshqalarda yorqin aks etgan. Abdulloh Toʻqay tatar adabiyotida tanqidiy realizmga, bolalar adabiyotiga asos soldi. Zamonaviy tatar adabiy tilini yaratuvchilardan biri boʻldi. Taraqqiyotga toʻsqinlik qiluvchi eskilik sarqitlariga, mutaassiblikka qarshi kurash, ilgʻor maʼrifat-parvarlik gʻoyalarini ilgari surish shoir ijodining muhim mavzularidir. Abdulloh Toʻqay tatar sheʼriyatining gʻoya va mazmunigagina emas, shakli, ifoda vositalariga ham yangiliklarni joriy qildi. Xususan, uning xalq ohanglari va qoʻshiqlariga moslab yozgan sheʼrlarining ruhi Turkistondagi milliy, ijtimoiy uygʻonishga hamohang boʻldi. Abdulla Toʻqay sheʼrlari dastlab 1913-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilinib, darsliklarga kiritilgan („Tuvgon til“ — Avloniy, „Turkiy guliston“, T., 1913 va boshqalar). Tataristonda Abdulloh Toʻqay nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan (1966). Qozon shahridagi markaziy maydonga Abdulla To'qay nomi berilgan, uning haykali o'rnatilgan. Undan tashqari Qozon metropolitenining shahar markazidagi bekati Abdulla To'qay nomida. Qozon shahrining katta bir ko'chasiga ham uning nomi berilgan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga Abdulloh Toʻqay nomi berilgan.
Abdulloh Toʻqay | |
---|---|
tatarcha: Габдулла Тукай, Ğabdulla Tuqay, عبدالله توقاي | |
Tavalludi |
26 aprel 1886 |
Vafoti |
1913 yil 2 aprel Rossiya_imperiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya_imperiyasi |
Onasi | Q117020947? |
Imzosi | |
Manbalar
tahrir- Tanlangan asarlar, T., 1961.
Adabiyotlar
tahrir- Nurullin I. Z., Abdulla Toʻqay (Adabiy portret), T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |