Nurak ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Nurak ota jome masjidi
Nurak ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Boʻston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini Yoshlik koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Alijon domla Mullayev
Gumbazlar soni 3
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Nurak ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Boʻston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini Yoshlik koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Boʻston qishloq fuqarolar yigʻini, Obod diyor mahalla fuqarolar yigʻini, A. Jomiy mahalla fuqarolar yigʻini, Tadbirkorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Yoshlik mahalla fuqarolar yigʻini, Ilhom ota mahalla fuqarolar yigʻini, Oʻrikzor mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini, Gulimaʼmur mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Alijon domla Mullayev hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Nurak ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 9-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

tahrir
  1. „НУРАК ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „НУРАК ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. uzorg.info. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.