Nurjan Matjanov
Nurjan Sultamuratovich Matjanov (1974-yil 21-mart, Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR) — qoraqalpogʻistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Nurjan Matjanov | |
---|---|
Tavalludi |
21-mart 1974-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Nukus davlat pedagogika instituti |
Taʼlimi | Nukus davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirNurjan Matjanov 1974-yil 21-martda Nukus shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. Millati qoraqalpoq. Maʼlumoti oliy. Hozirda Nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti dotsenti[2].
Ilmiy faoliyati
tahrir2018-yili 20-dekabrda „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan[1]. Nurjan Matjanov „Uzluksiz taʼlim tizimida kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishda izchillik“ monografiyasi, „Fizika oqytyoʻ metodikasy“ darsligi, „Kvant fizikasin oqitiw metodikasi“ oʻquv-metodik qoʻllanma, „Yarimoʻtkazgichlar fizikasini oʻqitishning zamonaviy asoslari“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma, „Astronomiya kursininʼ uliwma astronomiya moduli ushin maʼseleler toplami“ oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. 2022-yili 7-dekabrda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Pedagogika oliy taʼlim tizimida oʻqitilayotgan kvant nazariyasining metodologik va didaktik asoslari“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan va pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „O’QITUVCHILAR“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.