Nurobod quyosh elektr stansiyasi (Nurobod Quyosh elektr stansiya, Nurobod QFS, Nurobod FES) – Samarqand viloyatining Nurobod tumanida joylashgan quyosh fotoelektr stansiyasi. Oʻzbekistondagi ikkinchi quyosh fotoelektr stansiyasi[1].

Nurobod QES
Mamlakat  Oʻzbekiston
Joylashuvi Samarqand viloyati, Nurobod tumani
Egasi Total Eren (Fransiya bayrogʻi Fransiya)
Maqomi amalda
Agregatlar ishga tushgan yillar 2022-yil 24-may
Asosiy tavsifi
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 260 mln kVt*soat
Elektr quvvati, MVt 100
Xarita

Oʻrnatilgan elektr quvvati – 100 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 260 mln kVt*soat[1]. Elektr stansiya ishlashi natijasida 78 mln kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 100 ming tonna bugʻlanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi[1].

Nurobod Quyosh elektr stansiya Fransiyaning Total Eren kompaniyasi tomonidan qurilgan va ushbu kompaniya tomonidan boshqariladi[1].

Texnik tavsifi

tahrir

Elektr stansiyasi yiliga 80 mingdan ortiq xonadonning elektr energiyasiga boʻlgan talabini qondira oladi[1].

Loyiha qiymati

tahrir

Loyiha qiymati 100 mln dollar[1]. Ushbu xorijiy sarmoya Total Eren kompaniyasi tomonidan kiritilgan[2].

Nurobodda quyosh elektr stansiyasi qurilishida 400 kishi ishlagan, ekspluatatsiya jarayonida 25 ta ish oʻrni yaratilgan[2].

Tarixi

tahrir

2018-yil 5-oktyabrda prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tashrifi chogʻida Total Eren kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatishga oid hamkorlik bitimi imzolangan edi[3].

2019-yil 16-aprel kuni „Tutly Solar“ MChJ 19,27 mlrd soʻm ustav kapital bilan roʻyxatdan oʻtkazildi. „Total Eren S. A.“ taʼsischiligidagi korxonaning yuridik manzili Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik shoh koʻchasi 75-uyda joylashgan[4].

2019-yil 13-sentyabrda „Tutly Solar“ MChJ Energetika vazirligi (Oʻzbekiston hukumati nomidan) bilan „Investitsiya bitimi“ hamda „Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari“ AJ bilan muddati 25 yil boʻlgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan[3].

2022-yil 24-may kuni Nurobod Quyosh elektr stansiyaning ilk generatsiya quvvati respublika yagona tizimiga ulandi[2].

Manbalar

tahrir